Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Mehnatga layoqatli aholi, ayniqsa, uning iqtisodiy faol qismi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116
Mehnatga layoqatli aholi, ayniqsa, uning iqtisodiy faol qismi 
mehnat bozorining shakllanishida asosiy demografik manba 
hisoblanadi.
Tahlil shuni koʻrsatadiki, aholining iqtisodiy faol qismi mehnat 
resurslari umumiy sonining 70% dan ortig‘ini tashkil etib, uning 
miqdori 1998–2020-yillarda iqtisodiyotning nodavlat sektorida 39,5% 
oʻsdi. Fermer va dehqon xoʻjaliklari sonining oshishi, kichik va oʻrta 
biznesning rivojlanishi, yakkahol mehnat tatbiq etilishining kengayishi 
xususiy sektorda band boʻlganlar sonining 2 martadan ortiq koʻpa-
yishiga bevosita koʻmaklashdi.
Shunday qilib, shubhasizki, respublika mehnat bozorida ishchi 
kuchi taklifining oʻsishi koʻp jihatdan aholining iqtisodiy faol qismi 
holati bilan belgilanadi. U esa mazkur bozordagi raqobatga ham koʻp 
jiqatdan bog‘liq.
Yuqori unumli ishchi kuchini yollash, mehnatni ijtimoiy 
taqsimlash va boʻsh ish oʻrinlarini egallashda xodimlar oʻrtasidagi 
hamda mehnat shartnomalari asosida ish haqi shartlari uchun xodimlar 
bilan yollovchilar oʻrtasidagi raqobat mehnat bozorini harakatlan-
tiruvchi mexanizm hisoblanadi. 
Ishchi kuchiga talab va taklifning nisbati mehnat bozori 
konyunkturasini ifodalaydi.
U koʻp sonli omillar va sharoitlar ta’siri 
ostida shakllanadi hamda mehnatga layoqatli qishloq aholisi turli xil 
guruhlarining yollanma xodimlar sifatida teng boʻlmagan holatini aks 


13 
ettiradi. Amalda ishchi kuchiga talab va taklifning umumiy va tarkibiy 
muvozanatiga erishish qiyin. Mehnat bozorining konyunkturasi ishchi 
kuchi narxiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. U, oʻz navbatida, amaldagi 
bozor narxlariga muvofiq oʻzgarib turadi, mehnat resurslarining 
muomala soxasida shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq ma’lum 
yoʻnalishini shakllantiradi. O‘z navbatida, ishchi kuchi narxini uning 
qiymatidan farqlanishi ishlab chiqarishning samaradorligiga, taqsimot 
munosabatlariga, ish haqi va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklardan daro-
madlar darajalariga, iste’mol savatining oʻsishiga, tovarlar va xizmat-
larning amaldagi narxlariga, ularning mavjudligiga, tabiiy boyliklar-
ning holatiga hamda boshqa omillar va sharoitlarga bog‘liq.
Fikrimizcha, mehnat bozorining konyunkturasini miqdor va sifat 
nuqtayi nazaridan tadqiq qilish maqsadga muvofiq. Respublika-mizda 
mehnat bozorida ishchi kuchiga talabning miqdori uning taklifiga 
nisbatan 1,4 marta kam.
Ishchi kuchi taklifining miqdori unga ehtiyojning talablariga toʻliq 
mos kelmaydi. Shuning uchun mehnat bozori konyunkturasini 
ifodalaydigan ikkita oʻzaro bog‘langan guruhlardagi omillar va shart-
sharoitlar holatini ta’riflovchi miqdor va sifat koʻrsatkichlarini ajratish 
zarur. Birinchi guruhga quyidagilar kiradi: iqtisodiyot sektorining 
holati; moddiy texnik ta’minotining darajasi; ishlab chiqarish va 
ijtimoiy infratuzilma, qurilish sanoati, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar va 
uyda ishlovchilar mehnatining holati; koʻp ukladli iqtisodiyot rivoj-
lanishi sharoitlarida jamoa-shirkat, ijara, hissadorlik, xususiy, qoʻshma 
va boshqa xoʻjaliklarning isloh qilinishi darajasi; tovarlar va xizmatlar, 
sarmoyalar, qimmatli qog‘ozlar va ilmiy ishlanmalar bozorining shakl-
lanishi darajasi; tabiiy boyliklarning mavjudligi va h. k.lar.
Ikkinchi guruhga esa quyidagilar kiradi: ma’lumot, malaka va 
kasbni egallaganlik darajasi; yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bilan 
shug‘ullanuvchi oʻquv yurtlarining holati; mehnatga layoqatli band 
boʻlgan va band boʻlmagan aholining jinsi va yoshi boʻyicha tuzilishi; 
ish haqi va boshqa manbalardan, ayniqsa, shaxsiy yordamchi xoʻjalik-
lardan olinadigan mehnat daromadlarining darajasi; ishsizning ijtimoiy 
va ruhiy holati; yollash bo‘yicha ish taklif qiluvchi mehnat jamoasidagi 
ijtimoiy-ruhiy muhit; millatlararo munosabatlar va siyosiy ahvolning 
holati; milliy-etnik an’analar va aholining mobilligi (safarbarligi) va 
boshqalar. 


14 
Yuqorida ta’kidlab oʻtilgan, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab 
va taklifning nisbatini aniqlovchi omillar va shart-sharoitlar aholini ish 
bilan bandligi siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishlari va 
tamoyillari bilan raqobatga (yoxud ziddiyatga) kirishishi mumkin. Bu 
holda mehnat bozorida salbiy tendensiyalarga qarshi harakat qiluvchi 
tadbirlarni oʻz vaqtida ishlab chiqish va oʻtkazish alohida oʻringa ega. 
Hududiy mehnat bozorlarining omillari va konyunkturasidagi farqlarni 
hisobga olgan bandlik siyosati davlat tomonidan ishlab chiqiladi. U 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida va 
«Aholini ish bilan ta’minlash toʻg‘risida”gi qonunda aks ettirilgan [2]. 
Davlat tomonidan qoʻllaniladigan tartibga soluvchilarning 
(ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy) oʻrni mehnat bozorida zid-
diyatlarni yumshatish, ishchi kuchiga talab va taklif konyunkturasidagi 
nomuvozanatlikdan va ularni inqiroziy buzilish oqibatlaridan (yalpi 
ishsizlikning paydo bo‘lishi, ijtimoiy xoʻjalikda ishga joylashish-ga 
imkoniyat yoʻqligi, daromadlarning pasayishi va boshqalardan) 
ogohlantirish yo‘li bilan belgilanadi. Ba’zida bozor munosabatlarining 
ijtimoiy oqibatlari natijasida shunday sharoitlar shakllanadiki, unda 
qishloq aholisining bir qismini mehnat qilish va daromad olish huquq-
lariga ega boʻlishida jiddiy qiyinchiliklar vujudga kelishi oqibatida tur-
mush darajasi pasayadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin