T ovar
ishlab chiqarishning o‘sishi va tovar ayirboshlashning ken-
gaylshi,
bunday jarayonlarga ko‘p sonli hunarmandlar va boshqa qat-
nashchilaming jalb etilishi metall pullarning keyingi standartlashtirilishiga
va ular miqdorlarining chakana savdo ehtiyojlariga moslashtirilishiga
olib keldi.
Taxminan eramizdan
oldingi XII asrda Xitoyda, VII asrda esa
0 ‘rta yer dengizi davlatlari - Lidiya va Eginada vazni, miqdori va
qotishmalarining tarkibiga ko‘ra bir xildagi metall pullar paydo bo‘ldi.
Ular asta-sekin ishlab chiqarish va foydalanish uchun qulay bo‘lishi
uchun doira shakliga keltirildi. Ular an’anaviy yombilardan birmuncha
kichik o‘lchamlari bilan, shuningdek, ularning to‘lovga qobiliyatliligi
va asosiy parametrlari (miqdori,
qotishmalar tarkibi, vazni) u yoki bu
darajada davlat tomonidan kafolatlanishi va muhofaza qilinishi bilan
ajralib turardi. Shunday qilib, o ‘sha davrdan e’tiboran metall pullar
hukmronligining uzoq davri boshlandi.
Bunday pullarda nominallar — metall pulning muayyan vaznli
standartini ifodalovchi va pullarning nomlari sifatida muhim o‘rin olgan
tushunchalarning paydo bo'lishi, ushbu
pullar evolutsiyasining eng
muhim natijalaridan biri edi. Asrlar qa’ridan bizgacha yetib kelgan
tangalaming nomlari — draxmalar, franklar, markalar, talerlar va boshqa
ko‘plab tangalar nomlari — metall pullarning muayyan vaznli mohiyat-
larini anglatardi.
Pullarning yombilarda bo'lmagan yangi sifatlari hisob-kitoblarni
amalga oshirishda ularni shunchaki oddiy qayta hisoblashga va vaqti
kelib tortib ko'rishdan voz kechishga imkoniyat yaratdi. Belgilar va
yozuvlar shunday sifat belgilari bo‘lib, ular oldin pul birliklarining bir
tomoniga, keyinchalik — ikkala tomoniga ham bosilgan.
Eramizdan
oldingi V asrdan boshlab esa ular majburiy atributlar tusini olgan.
Muomalaga kirgan pullar «moneta» («tanga») degan atama Yunona-
ning nomlaridan biri (Juno Moneta - Ogohlantiruvchi Yunona) sha-
rafiga qo ‘yilgan nomdan olingan bo'lib, uning Rimdagi Kapitoliy
tepaligidagi Yunona saroyida ushbu antik davlatning yangi zarbxonasi
joylashgan. Tangalarning paydo bo‘lishi tovar-pul munosabatlarining
rivojlanishi bilan bog‘liq edi. Metall pulning eng muhim xususiyatlaridan
biri — qiymat ana shu voqeada o ‘z aksini topgan. Ular muomala uchun
yombilarga qaraganda ancha qulay bo‘lib, qisqa davr ichida butun
dunyoda keng ommalashib ketdi.
Tanganing ko‘p asrlik tarixida uning turlari ko‘p marta o‘zgardi,
har bir davr unda o‘z «tamg‘a»sini qoldirdi. Masalan,
eramizdan awalgi
V asrdan boshlab ularda shaharlar nomlarining boshlang‘ich harflari,
keyinroq — shaharlarning nomlari va hukmdorlar ismlarining qisqacha
nomlari paydo bo'ldi. Qadimgi Rimdagi tangalardagi ayrim raqamlar
va harflar tangalarning nominallarini bildirgan. Masalan, 1 raqami bir
asosni (bir rim funtiga, ya’ni misning 12 unsiyasiga teng bo'lgan og'irlik
o‘lchamini),
Dostları ilə paylaş: