to'lov vositasi funksiyalarini, so‘ngra 1976-yildan boshlab jahon pullari
funksiyasini ham bajarmay qo‘ydi. Ichki aylanishda va jahon bozorida
ham qog‘oz hamda kredit pullari oltinni siqib chiqarib tashladi.
To‘la qimmatli .pullardan pul belgilariga o ‘tishda, eng aw alo,
muomalada oltinga maydalanadigan kredit biletlari paydo bo‘ldi. To‘la
qimmatli pullarni qog‘oz pul belgilariga almashtirish jarayonida bunday
pul belgilarini harakat ehtiyojlari bilan bog‘lash muammosi paydo bo‘ldi,
oltin pullardan foydalanishda esa bunday hoi kuzatilmaydi.Shu bilan
bir qatorda, qog‘oz pullar chiqarish davlat xarajatlarini qoplash ehtiyoji
bilan belgilanar ekan, bunday pullarni muomalaga ko‘plab chiqarish
zarur bo‘hb qoladi. Natijada qog‘oz pullarning qadrsizlanishi, ularning
xarid quwatining pasayishi yuz beradi. Oltin pullar esa bunday qadrsiz-
lanishga uchramaydi.
Qog‘oz pullarga xos bu kamchiliklar ko'pincha kredit pullardan
foydalanish orqali bartaraf qilinishi mumkin. Kredit pullar ham qo-
g‘ozdan tayyorlanadi, muomalaga kredit pullar chiqarish banklar to
monidan turli xo‘jalik jarayonlari bilan bog'liq holda yuzaga keladigan
kredit operatsiyalarini bajarishda amalga oshiriladi. Kredit pullar (bank-
notalar) va qog‘oz pul belgilari kabi pul turlari o‘rtasidagi farq, bizning-
cha, ularni muomalaga chiqarish va sotish haqiqiy jarayonlari bilan
bog‘liqlikda bajariladigan kredit amallari bilan bog‘liq muomalaga
chiqariladi, qog'oz pullar esa bunday bogianishsiz chiqariladi.
0 ‘z ahamiyati va natijalari jihatidan naqd harakatsiz pullar muhim-
dir, ularning harakatlari mijozlaming bankdagi hisoblar bo‘yicha yozuvlari
shaklida qayd qilinadi. Bunday harakat pul belgilarisiz yuz beradi.
Pullarni kengaytirilgan asosda qo‘llash ularning qator afzalliklari
bilan bog‘liqdir, ularga birinchi navbatda pul harakatini amalga oshirish
xarajatlarni pul belgilarini chop etish bilan qoplash ularni qayta hisob-
lash, saqlash kabi xarajatlarni kamaytirish hisobiga erishiladi.
Demak, pulning mohiyati shundan iboratki, u jamiyat iqtisodiy faoliyati,
takror ishlab chiqarish turli ishtirokchilari va bo‘g‘inlari o‘rtasidagi
munosabatlaming faol unsuri hamda tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: