Masalan, sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so'mni, kreditga sotilgan
tovarlar — 20 mln. so‘mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda to ‘lash
muddati kelgan tovarlar va boshqa to'lovlar — 40 mln. so‘m ni, naqd
pulsiz o‘zaro hisob-kitoblar summasi 30 mln. so‘mni tashkil qilib, pulning
aylanish tezligi 6 marta bo‘lsa, u holda muomala uchun zarur bo‘lgan
pul miqdori 15 mln. so‘mga teng bo'ladi. Ya’ni
_
100-20 + 4 0 -3 0
. .
,
Pm
= ---------------------= 15 mln.so m.
6
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini
miqdoran ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo'lgan pul
miqdoriga nisbatan muomalaga kam pul chiqarilsa, ko'pgina xo‘jalik-
larda pul yetishmasligi, normal holatda xo'jalik yuritib bo‘lmay qolish
holati yuz beradi. Yoki, aksincha, muomalada boMgan pul miqdori
sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga nisbatan oshib ketishi
hamda buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo
boiishi pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflatsiyani bildiradi.
Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasi
qonuniga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
boshqa sharoitlar o ‘zgarmay
qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori
Dostları ilə paylaş: