Sh. Sodiqova



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/175
tarix05.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#173469
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

m aqsadli.
U o ‘z ichiga ijtimoiy buyurtma bilan bog‘- 
liqlikda rejalashtirilgan bosqichdagi maktabgacha ta’lim muassasala- 
rining umumiy maqsad va vazifalarini belgilash, natijalarni tahlil etish, 
rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarishga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablarni 
aniqlash; maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati turli ish rejalarining 
mazmunan bir-biriga mosligi; rejada belgilangan ishlarning pedagogik 
jam oa imkoniyatlari va maktabgacha ta ’lim muassasalari faoliyatining 
moliyaviy-iqtisodiy holatiga muvofiqligi kabilarni qamrab oladi.
3-bosqich -
mazmunli:
davlat hujjatlari va qo‘yilgan maqsadlarga mu­
vofiq o ‘quv-tarbiya jarayoniga yo‘nalganlikni ajratib ko‘rsatish; maktab­
gacha ta’lim muassasalari faoliyatining alohida yo'nalishlari bo'yicha 
rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarish ketma-ketligini aniqlash.
4-bosqich -
norm ativli.
Mazkur bosqichda ajratilgan yo‘nalishlar 
uchun m as’ul kadrlar taqsimlanadi, qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun 
vositalar ajratib olinadi, ishni amalga oshirish muddatlari belgilanadi.
5-bosqich -
nazorat:
reja boTimlarining bajarilishi yuzasidan 
o4kaziladigan nazorat turlari va mazmunini aniqlash.
Rejalashtirish boshqarishga bevosita rahbarlik qilish yoki uni amalga 
oshirish yo ‘lidir. Boshqarishda belgilangan maqsad, tadbirlarni hayot-
247


ga tadbiq etish uchun rejalashtirish kerak. So‘ng uni ijrochilar hukmiga 
havola qilish lozim. Rejalashtirish qaror qabul qilish va ijrosini nazorat 
qilishdir. Rejalashtirishning mohiyati shundaki, unda boshqarishning 
maqsad va vazifalari aniqlanadi, har bir tadbirni bajarish muddati, mas'ul 
shaxs, uning ijrosini tekshirish va nazorat usuli aniqlanadi.
Rejalashtirish boshqarish modelini, fikriy nusxasini ishlab chiqish 
demakdir. Rejalashtirish pedagoglar malakasini oshirish tizimini rivo- 
jlantirish maqsadini va bunga erishish vosita, yoMlarini belgilashdir. 
Bunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan talablar ketma-ketligi, bajarish 
muddati, shakli belgilanadi. Rejalashtirish boshqarish lozim bo‘lgan 
sohalarni m a’lum ketma-ketlik, chizmali, grafik yoki model tariqasida 
amalga oshirishi mumkin. Rejalashtirishda boshqarish bilan bog‘liq ha- 
rakatlar o‘zaro muvofiqlashtirilib, yuqori natijaga erishishni tashkil etish 
mumkin. Bu esa o ‘z navbatida jarayonga ishtirok etuvchilardan harakat 
va munosabatlami ongli va qat’iy tashkil etishni talab qiladi. Shu asosda 
yagona maqsadga erishish mumkin btvladi.
Rejalilik - bu ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham pedagogik faoliyat sohasini 
boshqarishning asosidir. Rejaviylik - asosiy tamoyil. Rejali topshiriqlar 
barcha xizmatning natijaviyligini aniqlash uchun xizmat qiladi. ’
Rejalashtirishning mohiyati faoliyatning asosiy turlari va aniq ijrochi- 
lari va rejalashtirish muddati bilan bog‘liq chora-tadbirlarni aniqlashga 
xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rejalashtirishning maq- 
sadi bir tomondan m a’ muriy va pedagogik jamoaning, ikkinchi tomondan, 
tarbiyalanuvchilar jamoasi harakatlari birligini ishlab chiqishda namo- 
yon bo‘ladi. Rejalashtirishning maqsadi vazifalari bilan aniqlashtiriladi. 
Aynan vazifalar aniq maktabgacha ta’lim muassasalari sharoitida amaliy 
va “ko‘ngilli” maqsadni qo‘yadi.
Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilarda k o ‘rinadi:
1) tarbiya masalalari va o‘sib kelayotgan avlodni o ‘qitish ishlari 
bo'yicha davlat organlari qarorlari ijrosini ta'minlashda;
2) pedagogik jamoa faoliyatidagi asosiy masalalarni ajratib ko‘r- 
satishda;
3) aniq chora-tadbirlar, ularni ijro etish muddatlari va mas'ullarini 
aniqlashda;
4) alohida ijrochilami ularning faoliyatini ilmiy asoslangan reglament- 
lash yoMi bilan tartiblashtirishda;
248


5) jamoa a’zolarida mas’uliyatlilikni tarbiyalashda.
Rejalashtirishga kirishish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi mu­
diri butun ta’lim muassasasi faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishga imkon 
beruvchi asosiy qoidalarga tayanishi zarur. Rejalashtirish tamoyillariga 
quyidagilami kiritish mumkin:
1. Rejalashtirining 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin