6. Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlari.
J
ahon
mamlakatlarida
urbanizatsiya jarayoni turli bosqichlarida rivojlanib bormoqda va bu, birinchi navbatda, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Yevropa, SHimoliy Amerika,
Lotin Amerika,
Avstraliya va Okeaniya kabi yirik mintaqalardagi davlatlarda urbanizatsiya ko’rsatkichi o’rtacha
hisobda 70 foizdan oshgan Bu borada ayniqsa Islandiya,
Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya,
Niderlandiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya,
Argentina, Venesuela kabi shaharlashuv darajasi 90
foizdan yuqori bo’lgan davlatlar ko’zga tashlanadi.
Jahon aholisining 60 foizi va dunyodagi shaharliklarning yarmi yashaydigan Osiyo
qit’asida urbanizatsiyaning umumiy
darajasi birmuncha pastroq, 50% atrofida bo’lib, o’sishini
davom ettirmoqda. Afrikada ham urbanizatsiya ko’rsatkichi 40%dan sal ko’proq. Lekin har
ikkala qit’ada ham yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar bor. Jumladan,
Osiyoda bu borada
Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Fors qo’ltig’i arab mamlakatlari, Tailand, Afrikada esa Liviya,
Jazoir, Misr, Marokash, JAR kabi davlatlar ajralib turibdi.
SHu bilan birga, Butan, Burundi,
Malavi, Uganda, CHad, Afg’oniston va boshqa mamlakatlarda urbanizatsiya darajasi 25%,
xattoki 15%ga ham yetmaydi. Ammo ohirgi yillarda shahar aholisining umumiy soni va jahon
aholisidagi ulushi aynan Osiyo va Afrika davlatlarida kechayotgan
urbanizatsiya jarayonlari
hisobiga ko’paymoqda. Bunda eng salmoqli hissa shaharlari ancha yuqori sur’atlar bilan o’sib
borayotgan Xitoy va Hindiston davlatlariga tegishli.
16-jadval
Dunyo va yirik regionlarining urbanizatsiya darajasi (2016)
№
Hududlar
Urbanizatsiya, %
1
Dunyo
54
2
Rivojlangan davlatlar
78
3
Rivojlanayotgan davlatlar
49
4
Evropa
74
5
Osiyo
48
6
Afrika
41
7
SHimoliy Amerika
(AQSH va Kanada)
81
8
Lotin Amerika
80
9
Avstraliya va Okeaniya
70
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Nima sababdan urbanizatsiya jarayoni aynan ohirgi ikki asr mobaynida yuqori tezlik
bilan rivojlandi?
2. Urbanizatsiya rivojlanishi qanday bosqichlarni bosib o’tadi?
3. Global shahar hisoblanishi uchun shahar qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
4. Yirik shaharlarning ijobiy va salbiy tomonlarini jadval shaklida
daftaringizga yozib
chiqing.