Shaharsozlik



Yüklə 37,77 Kb.
səhifə10/11
tarix15.02.2023
ölçüsü37,77 Kb.
#84395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
YN ga tayyorlanish uchum ma\'lumotlar.

Turar joy zonalari ko‘p qavatli uylar, o‘rtacha va kam qavatli uylar, yakka tartibdagi uylar qurish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Turar joy zonalarida sanitariya-muhofaza zonalari belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof muhitga zararli ta’sir (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya ta’siri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlar) etmaydigan,
alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qo‘shimcha qilib qurilgan yoki qo‘shimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy ob’ektlarning, ibodatxonalarning, avtomobil transporti qo‘yiladigan maxsus joylarning, sanoat, kommunal va omborxona ob’ektlarining joylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Turar joy zonalari jumlasiga aholi punktlari chegaralari doirasida joylashgan bog‘dorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlarining hududlari ham kiradi.
Ishlab chiqarish zonalarida ularning ish olib borishini ta’minlaydigan sanoat, kommunal, omborxona ob’ektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar ob’ektlari joylashtiriladi, shuningdek bunday ob’ektlarning sanitariya-muhofaza zonalari barpo etiladi.
Sanoat, kommunal va omborxona ob’ektlarining sanitariya-muhofaza zonasida uylar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, dam olish ob’ektlari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, bog‘dorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlari joylashtirilishiga, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ishlab chiqarish zonalarining hududlarini obodonlashtirish shu zonalarda joylashgan ob’ektlarning mulkdorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Turar joy qurilishi hududi-50%.Jamoat markazi hududi -15%.Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari hududlari -10%.Sport-sog‘lomlashtirish va ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar-15%.Ko‘cha va yo‘llar,piyodalar yo‘lkalari,maydonlar -10%.
Turar joy hududiga barcha hovlili uylar, uylar oldidagi ko‘kalamzorlar, piyodalar yo‘lakchalari, xo‘jalik, bolalar va sport maydonchalari tarkibidagi bog‘lar kiradi

Yüklə 37,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin