Turar-joy guruhi-bu turar-joy majmuasi elementi hisoblanadi.U birlamchi xizmat ko’rsatish muassasalari bilan birlashgan bir qancha turar-joy binolaridan iborat bo’ladi.(Shu yerda yashovchi aholi foydalanadigan ko’kalamzor hudud). Turar-joy guruhi hududi 5 gektardan oshmasligi lozim.
Loyihalashda ishlab chiqiladigan sxemalar ro’yxati: 1.Holat tarxi.Unda loyihalanayotgan turar-joy dahasining shahar sxemasida joylashgan o’rni ko’rsatiladi. (M 1:10 000).
2.Turar-joy dahasining bosh rejasi. (M 1:1 000).
3.Funksional hududlarga ajratish sxemasi. (M 1:5000).
4.Tansport-piyoda xizmat sxemasi.(M 1:5000).
5.Ko’chalar klassifikatsiyasi va ularning ko’ndalang kesimlari.(M1:2000)
6.Texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar(jadval ko’rinishida).
Quyidagi (zonalarda) hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklashlar belgilanadi:
madaniy meros ob’ektlarining muhofaza zonalari, qo‘riqxona zonalarida;
alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida;
sanitariya zonalarida;
muhofaza zonalarida;
sanitariya-muhofaza zonalarida;
suvni muhofaza qilish va sohil bo‘yi mintaqasi zonalarida;
suv ta’minoti manbalarini sanitariya yo‘li bilan muhofazalash zonalarida;
foydali qazilmalar joylashgan zonalarda;
tabiiy va texnogen xususiyatdagi favkulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan zonalarda;
favqulodda ekologik holatlar va ekologik ofat zonalarida;
tabiiy-iqlim sharoiti ekstremal zonalarda.
Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin:
turar joy zonalari;
ijtimoiy-amaliy zonalar;
ishlab chiqarish zonalari;
muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari;
rekreatsion zonalar;
qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar;
maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan zonalar;
harbiy ob’ektlar va rejimli boshqa hududlar zonalari;
shahar atrofi zonalari.
umumshahar miqyosidagi magistral yo’llar eni - 75 m
tuman ahamiyatidagi magistral ko’cha -35 m
ko’p qavatli turar - joy bo’ylab harakatlanuvchi yo’llar - 25 m
1 qavatli joylar bo’ylab harakatlanuvchi ko’chalar eni - 15 m
O’rta va kichik shaharlarda magistral ko’chalar enini qizil chiziqdan 45 metrgacha kichraytirish mumkin. Ko’chanining enini transport vositalarining o’tish intensivliliga qarab aniqlanadi:
magistral yo’llar uchun yo’laklar - 4, 5 m
tuman miqyosidagi yo’llar uchun yo’laklar - 3m
turar - joy ko’chalari uchun yo’laklar eni - 2, 25 m
piyodalar yo’laklari eni - 3 m
Aholi soniga qarab shahar aholi punktlari quyidagilarga bo‘linadi:
eng yirik aholi punkti - aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat;
yirik aholi punkti- aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat;
katta aholi punkti - aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat;
o‘rtacha aholi punkti - aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat;
kichik aholi punkti - aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat.
Aholi soniga qarab qishloq aholi punktlari quyidagilarga bo‘linadi:
yirik aholi punkti - aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat;
katta aholi punkti - aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat;
o‘rtacha aholi punkti - aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat;
kichik aholi punkti - aholisining soni bir minggacha kishidan iborat.