Shahdupi pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim( sirtqi ta’lim )yo’nalishi



Yüklə 140,35 Kb.
tarix17.01.2023
ölçüsü140,35 Kb.
#79475
Ekologiya Turdiyeva Sabina


SHahDUPI Pedagogika fakulteti
Boshlang’ich ta’lim( sirtqi ta’lim )yo’nalishi
2-kurs 8-21-guruh talabasi
Turdiyeva Sabinaning
Ekologik madaniyat va barqaror
taraqqiyot asoslari fanidan
tayyorlagan taqdimoti
Reja:
1.Ekologik omil
2. Ekologik omil turlari
3. organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja
Ekologiya (qadimgi yunonchaοἶκος — „uy“, „turar joy“) — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan biologiya fanlari majmui. Ekologiyani organizmlar va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. Ekologiya oʻrganadigan obʼyektlariga koʻra, umumiy va xususiy ekologiyaga ajratiladi.
Umumiy ekologiya organizmdan yuqori turadigan har xil sistemalarning tuzilishi va funksiyasini oʻrganadi. U populyatsiyalar ekologiyasi, biotsenologiya, ekosistemalar ekologiyasi kabi boʻlimlardan iborat. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalarining strukturasi va miqdoriy dinamikasining umumiy qonuniyatlari hamda har xil turlar populyatsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar (raqobat, yirtqichlik)ni tadqiq qiladi. Biotsenologiya (hamjamoalar ekologiyasi) biotsenozlarning tuzilishi qonuniyatlari, tarkibi va funksiyasini oʻrganadi.
Xususiy ekologiya muayyan taksonomik guruhga mansub organizmlarning muhit sharoitiga munosabatlari majmuini oʻrganadi (masalan, hasharotlar ekologiyasi). Baʼzan xususiy ekologiyaga muayyan ekosistema va hamjamoani oʻrganadigan fan sifatida ham qaraladi (mas, qishloq xoʻjaligi ekosistemalari ekologiyasi — agroekologiya; oʻsimliklar hamjamoalari ekologiyasi — fitotsenologiya). Suv ekosistemalari va suv organizmlari ekologiyasini oʻrganadigan gidrobiologiya ham ekologiyaning bir qismi hisoblanadi. Ekologiya autekologiya (har xil muhit omillarining alohida turlarga taʼsirini oʻrgayʼdigan fan) va sinekologiya (organizmlar va ular majmualari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganadigan fan)ga ham ajratiladi.
Ekologik omillar — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh — abiotik va biotik omillarga boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar“ tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.
Tirik organizmlarga taʼsir etuvchi muhitning har qanday boʻlaklari ekologik omillar deyiladi.
Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi.
Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi:
1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.
2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.
3. Antropogen omillar — bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.
Ana shu omillarning ayrim organizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng quyi darajasi minimum boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning oʻz maksimumi, minimumi va optimumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi 7° dan 0° gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36—40° ni tashkil etadi. Shuni ham taʼkidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks taʼsir etgandagina ular yuqori natija beradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 140,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin