№ 3/5.2. Institutda faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzulari va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Institutda faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzulari va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
U. Marasulovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Matematika-informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirzayeva Shahlo Abduraxmonovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun dissertatsiya mavzusi: “Pedagogik dasturiy vositalar asosida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi” va ilmiy rahbari: TATU Qarshi filiali dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) Turayev Sirojiddin Juraqobilovich tasdiqlansin.
Matematika-informatika kafedrasi o‘qituvchisi Tursunova Luiza Komilovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (informatika) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun dissertatsiya mavzusi: “Методика развития профиссиональной компетентности студентов на основе технологии Scribing (на примере науки применения информатционных технологий в профессиональной деятельности” va ilmiy rahbari: Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi dotsenti Marasulova Umida Norquziyevna tasdiqlansin.
Matematika-informatika kafedrasi o‘qituvchisi Aliqulov Shukurullo Fayzullo o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (informatika) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun dissertatsiya mavzusi: “Multimedia texnologiyalari vositasida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetentligini shakillantirish metodikasini takomillashtirish (Pedagogika ta’limi yo‘nalishi misolida)” va ilmiy rahbari: TATU Qarshi filiali Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) To‘rayev Sirojiddin Juraqobilovich tasdiqlansin.
Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi Milinorov Xusniddin Xushmatovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Pedagogika) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun dissertatsiya mavzusi: “Ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning umumiy texnologik kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” va ilmiy rahbari: Shahriasbz davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Raximov Zokir Toshtemirovich tasdiqlansin.
Tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Suyunov G‘olib Tufli o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun dissertatsiya mavzusi: “Qashqadaryo viloyati hududidagi sun’iy suv havzalar malakofaunasi: tur tarkibi bioekologiyasi, zoogeografiyasi va ahamiyati” va ilmiy rahbari: Guliston davlat universiteti dotsenti J.A.Qudratov tasdiqlansin.
Tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Murtazayev Zohid Murtazayevichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun dissertatsiya mavzusi: “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni fizikadan metodik tayyorgarligini rivojlantirish(Fizika yo‘nalishi misolida)” va ilmiy rahbari: TATU Qarshi filiali Tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) To‘rayev Sirojiddin Juraqobilovich tasdiqlansin.
Xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi Musurmonov Tilavmurod Turdiali oʻgʻlining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun dissertatsiya mavzusi: “Somerset Moem ijodi va o‘zbek nasrida noan’anaviy tasvir hamda adabiy arxitiplar” va ilmiy rahbari: TATU Qarshi filiali O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yaxshiyeva Zebo Rashidovna tasdiqlansin.
Pedagogika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Saidov Me’rojbek Salimovichning 19.00.05.- Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun dissertatsiya mavzusi: “Yosh rahbarlar shaxs tuzilmasida koping-strategiyalar shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” va ilmiy rahbari: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti professori, psixologiya fanlari doktori Hayitov Oybek Eshboyevich tasdiqlansin.
San’atshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi Xayitova Lobar Shermatovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun dissertatsiya mavzusi: “Umumta’lim maktablarida kasbga yoʻnaltirib oʻqitish metodikasini takomillashtirish” va ilmiy rahbari: Shahriasbz davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Jalolova Pokiza Muzaffarovna tasdiqlansin.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Ochilov Abrorxon Qiyom o‘g‘lining 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun dissertatsiya mavzusi: “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilimdonlik va yetakchilik fazilatlarini akmeologik yondashuv asosida takomillashtirish” va ilmiy rahbari: Shahriasbz davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Jalolova Pokiza Muzaffarovna tasdiqlansin.
Rus tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Ismatov Suxrob Rahimqulovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik nazariyasi ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun dissertatsiya mavzusi: “Gulnazar Keldi she’riyatining ruscha tarjimasida peyzaj, milliy dunyoqarash va ijodiy o‘ziga xoslik” va ilmiy rahbari: SamDu Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Hamroyev Jumaqul tasdiqlansin.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Oymatova Dilorom Ruzimuratovnaning 19.00.05 –Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishi uchun Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Abdurahmonovna Zuhra Erkinovna ilmiy rahbarligidagi dissertatsiya mavzusi: “Oilaviy munosabatlar bola intellektining o‘zaro aloqadorligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” oʻzgartirilsin va “Emotsional intellekt va oilaviy hayotdan qoniqish darajasi oʻzaro aloqadorligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusi tasdiqlansin.
Dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlari tasdiqlangan tadqiqotchilarning mavzularini OAK “Byulleteni”da e’lon qilish uchun kerakli hujjatlarni OAKga taqdim etilishini ta’minlash Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (U.Marasulova)ga yuklatilsin.