Metodning maqsadi: mazkur metod qatnashchilarni mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirish darajasini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo’yicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo’llaniladi. Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar mashg’ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
tinglovchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo’lgan so’zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda);
tinglovchilar mazkur tushunchalar qanday mahno anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo’llanilishi haqida yozma mahlumot beradilar;
belgilangan vaqt yakuniga yetgach o’qituvchi berilgan tushunchalarning to’g’ri va to’liq izohini uqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
har bir ishtirokchi berilgan to’g’ri javoblar bilan o’zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o’z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
Namuna: “Moduldagi tayanch tushunchalar tahlili”
Tushunchalar
Sizningcha bu tushuncha qanday mahnoni anglatadi?
Qo’shimcha mahlumot
Pedagog
Pedagog-tarbiyachi. Yosh avlodga tahlim-tarbiya beruvchi shaxs. Tahlim-tarbiya jarayonini o’rganuvchi va bu jarayonni boshqarish muammolari bilan shug’ullanuvchi shaxs.
Jamoa
Yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh mahnolarini anglatadi.
Tarbiya
Muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Shaxs
Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat ahzosi.
Insonparvarlik
Insonning qadri erkinligi baxt-saodati teng huquqliligi to’g’risida insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g’amxurlik qilishni ifodalovchi tushuncha.