Rektal dori shakllarini quyidagi bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish mumkin:
Rektal dori shakllarini quyidagi bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirish mumkin:
Liofilizatsiyalangan shamchalar. Bunday shamchalar katta tashqi yuzaga va yuqori g‘ovaklikka ega bo‘lganligi sababli to‘g‘ri ichak shilliq qavatidagi juda kam miqdordagi sekretsiya xisobiga ham oson parchalanadi va eriydi. Natijada shamcha tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi modda shuncha tez va ko‘p miqdorda qonga so‘riladi. Qolaversa, bunday shamchalar tayyorlashda dori va yordamchi moddalardan tayyorlangan suvli suspenziyalar va emulsiyalar qoliplarga quyilgandan so‘ng, chuqur muzlatish uchun qoldiriladi (liofilizatsiya).
G‘ovak shamchalar. SHamchalar bilan to‘g‘i ichak shilliq qavatini muloqotini yaxshilash va buning natijasida shamcha tarkibidagi dori moddasini shamcha tarkibidan ajralib chiqishini osonlashtirish uchun –ovak shamchalar taklif qilindi, bunda 600 mm.s.u. ga teng bosim ostida suyultirilgan shamcha massasi qoliplarga quyiladi.