Shamol tezligini aniqlash boyicha Boford shkalasi
Bofort
shkalasi
(ball)
Ballga
mos
shamolni
holati
Shamolning tezligi
Yerdagi predmetlarga Shamolning ta’siri
m/s
km/soat
0
Shamolsiz
0,0-0,5
0,0-1,8
Tutun vertikal ko‘tariladi. Daraxt barglari
qimirlamaydi
1
Sokin
shamol
0,6-1,7
2,2-6,4
Tutun vertikal ko‘tarilmaydi. Daraxt
barglari qimirlamaydi
2
Yengil
shamol
1,8-3,3
6,5-11,9
Tutun shamol esayotgan tarafga qarab
egiladi.Daraxt barglari shitirlaydi
3
Kuchsiz
shamol
3,4-5,2
12,2-18,7 Daraxt barglari va bayroqlar tinimsiz
tebranib turadi.
4
O‘rtacha
shamol
5,3-7,4
19-26,6
Daraxt shoxlari tebranadi. Yerdan chang va
qog‘oz bo‘laklari ko‘tariladi.
5
salqin
shamol
7,5-9,8
27-35,2
Katta bayroqlar tortqilanadi. Daraxt- lar
tebranadi. Quloq g‘uvillaydi. Qo‘l shamol
tezligini sezadi.
6
Kuchli
shamol
9,9-12,4
35,6-44,6 Daraxt shoxlari kuchli tebranadi. Uylar va
qimirlamaydigan narsalar yonida gu- villash
tovushlari eshitiladi. Telefon simlari tovush
chiqarib g‘uvullaydi.
7
Qattiq
shamol
12,5-15,2 45-54,7
Uncha katta bo‘lmagan daraxtlar tanasi
tebranadi.
Shamolga
qarshi
yurish
qiyinlashadi.
8
Juda
kuchli
shamol
15,3-18,2 55-65,5
Katta daraxtlar tebranadi. novdalari. Daraxt
novdalari va sshoxlari sinadi. Shamolga
qarshi yurish juda qiyinlasha- di, egilib
yurishga to‘g‘ri keladi.
9
Dovul
18,3-21,5 65,9-77,3 Katta daraxtlar qayriladi, katta shox lari
sinadi.
Narsalar
joyidan
siljiy
boshlaydi.Uylar tomi shikastlanadi.
10
Kuchli
dovul
21,6-25,1 77,7-90,6 Daraxtlar sina boshlaydi va tomiri bilan
yulib olinadi.Tomlar yulib olib ko‘chiriladi,
vayronagarchilik yuz beradi.
11
Shiddatli
dovul
25,2-29
90,7-105
Binolar kuchli vayron bo‘ladi
12
Bo‘ron
<29
< 105
Daraxtlar sina boshlaydi va tomiri bilan
yulib olinadi.Tomlar yulib olib ko‘chiriladi,
vayronagarchilik yuz beradi. Binolar kuchli
vayron bo‘ladi.
Anemometrlarning yana bir turi parrakli anemometrlardir. Ma’lumki shamolning
yo‘nalishi o‘zgarishi bilan parraklarning o‘qi ham shu yo‘nalishga burilishi lozim. Bu
vazifani parrakli anemometrlarda flyugerlar amalga oshiradi. Yo‘nalishi
o‘zgarmaydigan (masalan shaxtalarda, binolarda va boshqalarda) shamollarning
tezligini o‘lchashda, o‘qi bir yo‘nalishga nisbatan qimirlamaydigan qilib mahkamlan-
gan parrakli anemometrlar qo‘llaniladi.
Issiqlik anemometrlari bilan,issiklik yordamida simning shamol tezligi natijasida
ovushini o‘lchash natijasida shamolning tezligi aniqlanadi
Kichik o‘lchamli, ko‘p funksiyali sonli anemometrdan, yuqori aniqlikda
shamolning tezligini, havoning haroratini, dengiz sathiga nisbatan balandlikni,
joydagi atmosfera bosimini, namlikni hamda sovush ko‘rsatgichini aniqlashda
foydalaniladi. Undagi barometr hozirgi atmosfera bosimini emas, balki o‘tgan 3, 6,
12 va 24 soat oralig‘ida bosimni o‘zgarishini ham ko‘rsatadi. Shamolning tezligini
har sekundda o‘lchab aniqlash mumkin.
Shamol generatorlari - shamolning kinetik energiyasini elektr energiyaga
aylantirib beruvchi qurilma. Shamol generatorlarini ikki xil turi mavjud: sanoat va uy
uchun. Sanoat uchun shamol generatorlari davlat yoki katta energetik korporatsiyalar
tomonidan quriladi.
Odatda shamol energiyasi shamolga perpendikulyar joylashgan ma’lum maydon
ta’siri orqali aniqlanadi, shamol oqimining quvvati
N
sh.oqimi
= 0,0049·
ρ∙v
∙F
(1)
Bu yerda ρ- havoning zichligi, kg/m
3
;
v
-havo oqimining tezligi, m/s;
F
– maydon
yuzasi, m
2
;
Shamol energetik qurilmasi uzatayotgan energiya miqdori, havo oqimi hosil
qiladigan energiya miqdoridan tubdan farq qiladi. Chunki havo oqimi energiyasining
bir qismi shamol g‘ildiragi parraklarida, reduktor va generatorlarda isrof bo‘ladi.
Isrof bo‘lgan energiya miqdori, shamol energiyasidan foydalanish koeffitsienti bilan
hisobga olinadi. Shamolga perpendikulyar joylashgan maydon yuzasini shamol
g‘ildiragi diametri bilan belgilab, shamol energetik qurilmasining quvvatini quyidagi
formulada hisoblash mumkin.
N
sh.e.q.
= 0,00386·ρ·V∙D
2
·ζ
par.
·η
red.
·η
gen.
(2)
Bu erda:
D
-ish g‘ildiragining diametri, m;
η
red
.
va
η
gen
.
-reduktor va generatorning
foydali ish koeffitsientlari;
ζ
par
.
-parraklarda isrof bo‘lgan havo oqimi energiyasi.
Hisoblarga ko‘ra, parrakli shamol dvigatellaring shamol energiyasidan foydalanish
koeffitsienti 48 % gacha bo‘lishi mumkin, shamol qurilmalarining umumiy foydali
ish koeffitsienti undan ham kichikroq bo‘ladi. Shamolga perpendikulyar bo‘lib
asosan, shamol qurilmalarinig parraklari joylashadi. Shamol qurilmasi quvvatini
parraklar soni emas balki, ish g‘ildiragi diametri belgilaydi .
Shamol agregatining quvvati shamol tezligiga to‘g‘ri, ish g‘ildiragi parraklari soniga
teskari proporsionaldir.
N
sh.e.q.
= ƒ(V/n)
(3)
Havo oqimi hosil qiladigan mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirish,
shamol elektrostansiyalari yordamida amalga oshiriladi. Bir necha shamol
qurilmalarining yig’indisi shamol elektrostansiyasini tashkil qiladi. Shamol
qurilmalarining asosiy ishchi qismi, shamol g‘ildiragi hisoblanadi.
Shamol g‘ildiraklarining qanotli, karuselli va barabanli turlari mavjud. Shamol
elektrostansiyalarida asosan eng samarali bo‘lgan qanotli shamol g‘ildiraklari
qo‘llaniladi.
Shuni esda tutish lozimki, shamol g‘ildiragi tomonidan qabul qilinayotgan shamol
oqimi, shamol g‘ildiragining diametri bilan aniqalanadi, undagi parraklar soni hech
qanday ahamiyatga ega emas. Hozirgi kunda ish g‘ildiragi diametri 1,0-64 m bo‘lgan
shamol qurilmalari mavjud. Ko‘pgina shamol generatorlari sekundiga 3-4 m/s dan
yuqori tezlikdagi shamol yordamida ishlaydi. Shamol generatorlari 8-25 m/s tezlikda
esadigan shamol yordamida maksimal quvvatga ega bo‘ladi. Odatda shamol
generatorlarining maksimal ishlash tezligi 25-30 m/s ni tashkil qiladi. Shamol
energetikasi ekologik toza manbaidir. Ammo shamol elektrostansiyalari uchun juda
katta hududlar zarur (shamol energetik qurilmalarining bir - biridan uzoqda
joylashishi va ular orasidagi masofa ish g‘ildiragi diametrining 6-18 barobariga teng
bo‘lishi kerak). Masalan, ish g‘ildiragi D = 100 m bo‘lgan shamol energetik qurilmasi
uchun 5-7 km hudud kerak. Butun boshli shamol elektr stansiyasi uchun esa o‘nlab
km hudud zarur. Boshqa bir noqulay tarafi - ish g‘ildiragi shovqin chiqarib va havoni
tebratib ishlashi natijasida tele- va radio eshittirishlarga xalaqit beriladi.
Shamol energiyasidan foydalanish bo’yicha Germaniya birinchi o‘rnini egallab
kelmoqda. Bu mamlakatda shamol energiyasini ishlab chiqarish yiliga 500 -1500
MVt ga ko‘paymoqda, hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan energiya miqdori 2
mln.kVt-soatdan oshib ketdi.
Bir necha shamol qurilmalarining yig‘indisi shamol elektrostansiyasini tashkil
qiladi. Quvvatiga nisbatan shamol elektrostansiyalarini 3 guruhga bo‘lish mumkin.
1.
Kichik quvvatli - 0,1 kVt-soat dan 1,0 kVt-soatgacha, ularga asosan doimiy
elektr toki ishlab beradigan shamol qurilmalari kiradi. Ular asosan akkumulyator
batareyalarini zaryadka qilishda qo‘llaniladi.
2.
O‘rtacha quvvatli - 10 kVt-soat dan 100 kVt-soatgacha, ular o‘zgaruvchan
tok ishlab chiqaradi.
3.
Yirik quvvatli 100 kVt-soat dan - 1000 kVt-soatgacha, hozirgi
vaqtda bunday shamol energetik qurilmalarining tajriba nusxalari sinab
ko‘rilmoqda.
Ma’lumki shamol agregatning quvvati, shamol tezligiga to‘g‘ri proporsional va
ish g‘ildiragi parraklari soniga esa teskari proporsionaldir. Hozirgi kunda, seriyali
ishlab chiqarishi mumkun bo`lgan shamol agregatlari ish (shamol) g‘ildiragining
aylanishlar soni quyidagilarga teng(ayl./min.): 3000; 1500; 1000; 250; 75; 30.
Shamol tezligining oshishi bilan shamol qurilmasi ish g‘ildiragining aylanishlar soni
oshadi hamda mos holda shamol qurilmasining quvvati oshib boradi. Shamol
qurilmasining yana bir muhim elementlaridan biri, shamol minorasining
balandligidir. Tajribalar asosida shamol minorasi balandligining oshishi bilan shamol
qurilmasi quvvatiining ko‘tarilib borishi aniqlangan. Yer sathidan balandga
ko‘tarilgan sari Shamolning tezligi kuchayib, shamol energoqurilmalarining ishlab
chiqarayotgan quvvati ham oshib boradi. Ammo shamol energoqurilmalari ma’lum
bir balandlikka o‘rnatiladi. Shamol qurilmasi o‘rnatilgan balandlikda esa shamolning
tezligi bir xil bo‘lmasdan katta diapazonda o‘zgarib turadi. Shuning uchun shamol
energoqurilmalari to‘liq quvvat bilan elektroenergiya ishlab chiqara olmaydi.
Amerikaning «Altaeros Energies» hamda Kanadaning «Magenn Power»
kompaniyalari tadqiqotlariga ko‘ra, yer sathidan 100 m va undan ortiq balandliklarda
katta tezlikda doimiy kuchli shamol oqimlari esib turar ekan. Yer sathidan 100-500
m balandda doimiy katta tezlikda esib turadigan shamollar energiyasidan foydalanish
uchun havo sharlariga shamol energoqurilmalarini o‘rnatishni taklif qilishdi.
4-rasm. Havo shariga o‘rnatilgan Shamol energoqurilmalari: a - «Magenn Power»
kompaniyasiniki; b - «Altaeros Energies» kompaniyasiniki.
Amerikaning «Altaeros Energies» kompaniyasi ishlab chiqqan havo shari gaz
o‘tkazmaydigan mustahkam materialdan tayyorlanib, geliy yoki vodorod gazlari
bilan to‘ldiriladi. Havo sharlari yer sathidan 500 m balandlikkacha o‘rnatilishi
mumkin. Havo shariga o‘rnatilgan shamol energoqurilmalari ishlab chiqaradigan
elektroenergiya, metall troslarga bog‘langan elektr simlari orqali yerga uzatiladi.
Kanadaning «Magenn Power» kompaniyasi ishlab chiqqan uchib turuvchi havo shari
energetik qurilmalari ham, geliy gazi bilan to‘ldiriladi. Havo shari qurilmasi o‘zining
gorizontal o‘qi atrofida aylanish orqali elektroenergiya ishlab chiqaradi. Havo shari
qurilmasining ma’lum balandlikdagi barqaror turishi, Magnus effekti hisobiga
amalga oshiriladi. Ishlab chiqarigan energiya metallatroslarga bog‘langan elektr
simlari orqali, simlarni o‘rab yig‘uvchi chig‘ir va transformatorlar o‘rnatilgan
maydonchaga uzatiladi. Kompaniya ishlab chiqaradigan ushbu konstruksiyadagi
havo qurilmasi, 200-300 m balanlikka o‘rnatilib, 90-100 m/sek tezlikda esadigan
shamol bilan ishlashga mo‘ljallangan.
5 - rasm. Shamolning mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilma qirqimi
6-rasm. Ana’naviy (a) hamda zamonaviy sanoat (b) shamol energetic qurilmalarining sxemasi: 1-
shamol dvigateli; 2-ulash muftasi; 3-tayanch podshipnigi; 4-erkin aylanish muftasi; 5-inersion
akkumulyator; 6-sinxron generator.
Yuqorida keltirilgan havo sharli shamol energoqurilmalari, ana’naviy
shamol energoqurilmalariga qaraganda, ikki marta ko‘p hamda ikki marta
arzon elektroenergiya ishlab chiqaradi.
Ushbu qurilmalar energiyasi bir joyga to‘planadi va natijada shamol
elektrostansiyalari vujudga keladi. Uning asosiy farqi-ishlashi uchun xom ashyoning
zarur emasligi hamda hech qanday chiqindi chiqmasligidir.
Asosiy talablaridan biri - yillik shamol o‘rtacha tezligining yuqori bo‘lishidir. Har bir
sanoat energetik qurilmalarida o‘t o‘chirish tizimi, hamol generatorini ishlashi haqida
ma’lumot berib turuvchi telekommunikatsion tizim hamda chaqmoqdan himoya
qilish tizimi mavjud. Zamonaviy shamol generatorlarining quvvati 6 MVt gacha
etadi.
Shamol turbinalarinig vertikal va gorizontal aylanish o‘qli ikkita asosiy turi
mavjud:. Vertikal o‘qli turbinalar kichik tezlikdagi shamollarda ishlaydi, Shuning
uchun ular past samarali hisoblanadi. Asosan ular uylar uchun o‘rnatiladi. Uy uchun
quriladigan shamol qurilmalarini qo‘llash tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Odatda uncha katta bo‘lmagan uy uchun 1 kVt atrofidagi elektroenergiyani 9 m/s
tezlikda esayotgan shamol energiyasidan olish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida birinchi bo‘lib Chorvoq suv omborining dam olish
zonasida (Toshkent viloyatida) eng katta shamol energoqurilmasi o‘rnatildi. Quvvati
750 kVt bo‘lgan shamol energoqurilmasini o‘rnatish, Janubiy Koreyaning «Doojin
Co.LTD» kompaniyasi yordamida olib borildi. Shamol energoqurilmasi
maydonchasiga 40 m balandlikdagi minoraga shamol tezligini o‘lchovchi
anemometrlar
va
boshqa
nazorat-o‘lchov
asboblari o‘rnatilgan. Shamol
energoqurilmasi bir yilda 12,3 million kVt-soat elektroenergiya ishlab chiqaradi,
natijada 700000 m
3
tabiiy gaz tejaladi. «O‘zgidromet» institutining xabar berishicha,
shamol energourilmasi o‘rnatilgan hududda shamolning o‘rtacha tezligi 4,3 m/s ni,
qish davrida esa 6,6-7,1 m/s ni tashki qiladi. Shamolning ko‘rsatilgan tezliklari,
shamol energoqurilmasini barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Shamol elektrostansiyalari bilan bog`liq ma’lumotlarga batafsil to`xtalaylik.
Birinchi
shamol stansiyasi - diametri 9 metr bo'lgan Blyth tegirmoni - 1887 yilda
Merikirkdagi (Buyuk Britaniya) Blyth's dachada qurilgan. Blyth o'zining
"tegirmonidan" ortiqcha elektr energiyasini Merikirk aholisiga asosiy ko'chani
yoritish uchun taklif qildi, ammo rad etildi, chunki ular elektr energiyasini
"shaytonning ishi" deb hisoblashdi . Keyinchalik Blyth mahalliy kasalxona, jinnilar
shifoxonasi va ambulatoriya klinikasini favqulodda quvvat bilan ta'minlash uchun
shamol turbinasi qurdi. Biroq, Blith texnologiyasi iqtisodiy jihatdan foydasiz deb
topildi va keyingi shamol stansiyasi Buyuk Britaniyada faqat 1951 yilda paydo
bo'ldi. Amerikada Charlz Brush tomonidan avtomatik boshqariladigan birinchi
shamol turbinasi 1888 yilda paydo bo'lgan va rotorning diametri 17 metrga teng edi.
Daniyada birinchi shamol stansiyasi 1890 yilda qurilgan. 1908 yilga kelib 5 -
25 kVt gacha quvvatga ega 72 ta stantsiya mavjud edi. Ulardan eng kattasi
minorasini balandligi 24 metr va diametri 23 metr bo'lgan to'rt qanotli rotorlarga ega
edi. 1941 yilga kelib shamol stansiyalarining quvvati 1,25 MVt ga yetdi. 1940-
yillardan 1970-yillarga qadar shamol energetikasi elektr uzatish va taqsimlash
tarmoqlarining jadal rivojlanishi tufayli pasayish davrini boshdan kechirdi, bu esa
ob-havodan mustaqil elektr taʼminotini maqbul narxda taʼminladi. Shamol
energetikasiga qiziqish 1973-yildagi neft inqirozidan keyin 1970-yillarda
boshlangan. Inqiroz ko'plab mamlakatlarning neft importiga bog'liqligini ko'rsatdi va
bu qaramlikni kamaytirish variantlarini izlashga olib keldi. 1970-yillarning
oʻrtalarida Daniya zamonaviy shamol turbinalarining oʻtmishdoshlarini sinovdan
oʻtkaza boshladi. Keyinchalik Chernobil fojiasi ham qayta tiklanadigan energiya
manbalariga qiziqish uyg'otdi.
Kaliforniya shamol energiyasini rag'batlantirish bo'yicha birinchi dasturlardan
birini amalga oshirdi va shamol energiyasini ishlab chiqaruvchilar uchun soliq
imtiyozlarini joriy qildi.
Shamol energetikasi jadal rivojlanayotgan sanoatdir. 2020 yil global shamol
sanoati uchun tarixdagi eng yaxshi yil bo'ldi, 93 GVt yangi quvvat o'rnatildi, bu
o'tgan yilning shu davriga nisbatan 53 foizga ko'p. 2020-yilda rekord o‘sish Xitoy va
AQShda – dunyodagi ikkita eng yirik shamol energiyasi bozori – 2020-yilda yangi
qurilmalarning qariyb 75 foizini o‘rnatgan, bu dunyodagi shamol energiyasining
yarmidan ko‘prog‘ini o‘rnatgan qurilmalarning o‘sishi bilan izohlanadi.
2020 yilda barcha shamol turbinalarining umumiy oʻrnatilgan quvvati 743
GVtni tashkil etdi, bu butun Janubiy Amerikadagi yillik uglerod emissiyasiga yoki
yiliga 1,1 milliard tonnadan ortiq C0
2
ga teng. 2019-yilda barcha shamol
generatorlarining umumiy o‘rnatilgan quvvati 651 gigavatt ni tashkil etdi va shu bilan
atom energetikasining umumiy o‘rnatilgan quvvatidan oshib ketdi (ammo, amalda
yiliga foydalaniladigan shamol generatorlarining (ICUM) o‘rtacha yillik quvvati).
O'rnatilgan quvvatdan bir necha baravar past, AES deyarli har doim o'rnatilgan
quvvatda ishlaydi).
2010 yilda o'rnatilgan shamol stansiyalarining 44 foizi Yevropada, 31 foizi
Osiyoda va 22 foizi Shimoliy Amerikada to'plangan. Germaniyadagi shamol
stansiyalari Germaniyada ishlab chiqarilgan barch elektr energiyasining 8,6 foizini
ishlab chiqargan. 2009 yilda Xitoydagi shamol stansiyalari mamlakat elektr
energiyasining taxminan 1,3 foizini ishlab chiqargan. 2006 yildan beri XXRda qayta
tiklanadigan energiya manbalari toʻgʻrisidagi qonun mavjud. 2020 yilga kelib shamol
energiyasi quvvati 80-100 GVtga yetishi taxmin qilinmoqda. 2019 yilda shamol
energiyasi Yevropa Ittifoqida elektr energiyasining 15 foizini ishlab chiqargan.
2019 yilda dunyodagi barcha shamol turbinalari tomonidan ishlab chiqarilgan
elektr energiyasi miqdori 1430 teravatt-soatni tashkil etdi (insoniyat tomonidan ishlab
chiqarilgan barcha elektr energiyasining 5,3%). Ba'zi mamlakatlar shamol
energetikasini rivojlantirishda ayniqsa faoldir. 2019 yilda shamol turbinalari
Daniyada barcha elektr energiyasining 48%, Irlandiyada 33%, Portugaliyada 27%,
Germaniyada 26%, Buyuk Britaniyada 22%, Ispaniyada 21%, butun Yevropa
Ittifoqida - 15% ishlab chiqarilgan. 2014-yilda dunyoning 85 ta davlati shamol
energiyasidan tijorat asosida foydalangan. 2015 yil oxirida shamol energetikasida
butun dunyoda 1 000 000 dan ortiq kishi ishlaydi (shu jumladan Xitoyda 500 000 va
Germaniyada 138 000).
7-rasm. Daniyada barpo etilgan eng yirik shamol elektr stansiyasi
Germaniya 2025 yilga kelib elektr energiyasining 40-45 foizini qayta
tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Avvalroq
Germaniya 2010 yilga kelib elektr energiyasini 12 foizga yetkazish maqsadini
qo‘ygan edi. Bu maqsadga 2007 yilda erishildi. Daniya 2020 yilda mamlakatning
elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 50 foizini shamol energiyasi hisobiga
qondirdi. Fransiya 2020 yilgacha 25 000 MVt quvvatga ega shamol elektr
stansiyalarini qurishni rejalashtirmoqda, shundan dengizda 6 000 MVt .
Daniyaning Orsted kompaniyasi Buyuk Britaniya va Irlandiya sohillaridan 19
km uzokliqda dunyodagi eng katta suvda turuvchi shamol elektr stantsiyasini ishga
tushirdi (7-rasm). Walney Extension stantsiyasining umumiy maydoni 20 mingta
futbol maydoni, ya'ni 145 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Unda balandligi 188 metr
va ishlab chiqarish quvvati 659 MVt bo'lgan 87 ta shamol generatori o'rnatilgan. Bu
esa deyarli 600 mingta uyni elektr energiya bilan ta'minlash imkonini beradi. Suv
sirtida turuvchi shamol elektr stantsiyalari sohilda o'rnatilgan shunday elektr
stantsiyalardan ancha samaraliroq bo'lib, qishda 65 foiz quvvat bilan ishlasa,
sohildagilari 40 foiz bilan ishlaydi.
O'zbekistonda birinchi shamol elektr stantsiyasi qurilishi boshlandi. Shamol
elektr stantsiyasini Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi
Zarafshonda qurmoqda va 2024 yil oxirida ishga tushirishni rejalashtirilgan. 1500
MVt quvvatga ega loyiha 1,5 mln.ta xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani
ishlab chiqarishni va atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilarini
yiliga 3,3 mln tonnaga kamaytirishni ta'minlab beradi. 2026 yilgacha umumiy quvvati
3 ming MVtni tashkil etadigan shamol elektr stantsiyalarini qurish rejalashtirilgan.
29> Dostları ilə paylaş: |