Sharof rashidov- xalqimizning otashqalb farzandi



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix21.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#189017
  1   2   3   4   5
340-344



Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
 
 20-to’plam iyul 2023 
 
340 
SHAROF RASHIDOV- XALQIMIZNING OTASHQALB FARZANDI 
 
Aralov Jahongir Ne’matulla o’g’li 
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O’zbekiston SSR kompartiyasi birinchi kotibi, 
atoqli davlat arbobi, iste’dodli adib Sharof Rashidovning hayoti va faoliyati haqida 
ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada Sharof Rashidovichning faoliyati davridagi o’ziga xos 
qiyin boshqaruv shakli, undagi xalqni og’ir ahvolga solib qo’yuvchi ma’muriy 
buyruqbozlik tizimlarining ayrimlari haqida hikoya qilindi. 
Kalit so’zlar:
Sharof Rashidov, Jizzax viloyati Mirzacho‘l, Qarshi, Jizzax 
cho’llari, „qoʻshib yozish“ , „Oʻzbek ishi“, “Toshkent ruhi”, Toshkent metropoliteni, 
„Boʻrondan kuchli“, „Kashmir qo’shig’i“. 
O‘zbek xalqining sevimli farzandi, atoqli davlat arbobi, taniqli adib Sharof 
Rashidov 1917-yil 6-noyabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan. Jizzax pedagogika texnikumini 
bitirib, maktabda o‘qituvchilik qila boshlaydi. Samarqand viloyati gazetasida kotib
muharrir bo‘lib ishlaydi [
Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi
]. U Samarqand Davlat 
universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kiradi. 1941-yilda o‘qishni 
tugatgan Sharof Rashidov Ikkinchi jahon urushiga safarbar qilinadi, biroq 1942-yilda 
og‘ir yarador bo‘lib qaytadi. Samarqand viloyat gazetasida muharrir, Samarqand viloyati 
qo‘mitasining kotibi vazifalarida ishlaydi [
www.uz.wikipedia.org
. internet sayti].
 
Xalqimizning otashqalb farzandi Sharof Rashidov atoqli davlat va jamoat arbobi, 
iste’dodli adib sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Fashizmga qarshi 
Ikkinchi jahon urushida shaxsan qatnashib, urush haqida asarlar yozgan. Rashidov 
yozuvchi sifatida xalq e’tiborini qozondi. 1949—1950-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar 
uyushmasi boshqaruvining raisi bo‘lib ishladi. O‘zining «Bo‘rondan kuchli», «Qudratli 
to‘lqin», «G‘oliblar» romanlari bilan yozuvchilar qatoridan munosib o‘rin oldi 



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin