7
I BOB.
MARKAZIY OSIYODA ME’MORIY BEZAK SAN’ATI.
1.1. Samarqand me’moriy obidalaridagi naqsh va bezaklarini o’rganish.
Qadim va shavkatli Turonning poytaxti Samarqand shahrining tarixi moziyning
chuqur, bir necha ming yillik tubidan boshlanadi.
Bu shaharning Afrosiyob,
Cho‘pon ota, Registon kabi tarixiy qismlari alohida o‘z kechmishlariga ega
ekanligini hamma ham bilavermaydi. Biz quyida Samarqandning yuragi
hisoblangan ko‘hna va ulug‘vor Registon haqida hikoya qilmoqchimiz. Registon
deganimizda ko‘z oldimizga ajdodlarimizning
muhrlanib qolgan, Samarqandning
shon-shavkatli kunlaridan tirik guvoh – xotira, uch ulug‘vor madrasa – Ulug‘bek,
Tillakori va Sherdorlari qad rostlab turgan tarixiy maydon keladi. Bu maydon
nimalarga
guvoh
bo‘lmagan
deysiz.
Samarqandning
olimu-ulamolari,
erk uchun kurashga otlangan botirlar shu maydonda oqsaqollardan oq fotiha
olganlar.
G’oliblar
ham
shu
maydonda
olqishlanganlar.
Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, Registon uzoq o‘tmishga ega.
Arxeologik tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha, ibtidoiy davrlarda bu yerda changalzorlar bo‘lib, unda har xil
yovvoyi hayvonlar yashagan. Shuningdek, bu erdan juda qadimgi ariqning ko‘hna
o‘zani ham topildi. Ariq, hozirgi So‘zangaron ko‘chasi tomonidan kelib, Siyob
bozori tomonga o‘tib ketganligi ma’lum bo‘ladi. Samarqandga Iskandar Zulqarnayn
bostirib kelganida shahar Afrosiyobda bo‘lib, hozirgi Registon maydonining o‘rni
shahar chekkasi hisoblangan. VII asrda Samarqand
arablar tomonidan istilo
qilingach, lashkarboshi Qutayba ibn Muslim shahar aholisining katta qismini
shahardan ko‘chirib yubordi va ularning o‘rniga arab lashkarlarini joylashtirdi.
Bundan tashqari mahalliy xalqning shahar ichkarisiga kirishini cheklab qo‘ydi.
Mahal
liy aholi yashash uchun yangi joy izlashga majbur edi va hozirgi Registon
maydoni o‘rni va atrofida yangi turar joylar paydo bo‘ldi. Aynan shu davrlarda bu
yerda hunarmandlarning ustaxonalari, savdo rastalari bunyod etildi. XI-XII asrlarda
Registon maydoni va uning atrofidagi mahallalar mudofaa devori bilan o‘ralib,
“tashqi shahar” deb atala boshlandi. 1220-yili qadimgi Samarqand – Afrosiyob
Chingizxon tomonidan
batamom vayron qilingach, bu yerda yashashni iloji
8
qolmaydi. Omon qolgan xalq hozirgi “eski shahar” tomonga, ya’ni Registon
maydoni atrofiga o‘rnasha boshladi.
Bu yerdan oqib o‘tuvchi kanal ancha kengayib sayozlasha boshlaydi,
shundan
so‘ng kanal uchun yangi o‘zan qazilib jilovlanadi. Kanalning eski o‘zanida juda ko‘p
qum to‘planganligi uchun bu joy Registon, ya’ni “qumloq joy” deb atala boshlagan.
Sohibqiron Amur Temur davrida Registon maydoni o‘rnida markaziy bozor
joylashgan, shuningdek, bu yerda Jahongirning xotini Tuman oqa tomonidan barpo
qilingan, usti yopiq tim – rastalari qurilgan edi. Registon maydonining me’moriy
jihatdan shakllanishi Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davridan boshlanganligi ma’lum.
Samarqandda 40 yil hukmronlik qilgan ulug‘ munajjim bu shaharning obodonchiligi
borasida hech narsani ayamadi. Ulug‘bekning farmoni bilan Tuman og‘a timining
g‘arbiy tomonida hashamatli madrasa o‘z salobati va go‘zalligi bilan
zamondoshlarning hayratiga sazovor bo‘lgan. Uning to‘rt yonida to‘rtta baland
minora bunyod qilingan. Madrasaning ichki hovlisida
bir necha qulay va shinam
hujralar, darsxonalar qurildi. Hovlidagi hovuzchada limmolim suv jimirlab turar,
unga quyosh nuri tushgach esa 3 devorlardagi naqshlarga quyosh nuri urilib, kishi
ko‘zini qamashtirar darajada aks berar edi. Mirzo Ulug‘bek Registonda madrasadan
tashqari ulkan xonaqoh va ulug‘vor karvonsaroylar ham bunyod qildirdi.
Bulardan tashqari bu erda qurilgan sharqona hammom ham barchani lol qoldirgandi.
Registon maydoni XVII asrda yana ulkan qurilish maydoniga aylandi. Bu yerda
Samarqand hokimi Yalangto‘shbiy Bahodir bir-biridan go‘zal ikki madrasa bunyod
qildirdi.
Ulug‘bek madrasasining qarama-qarshisida qad rostlagan Sherdor madrasasi
qurilishi 1619-yili boshlangan bo‘lib, uning loyihasini yaratgan me’morlar har
tomonlama Ulug‘bek madrasasiga monand qilishga harakat qilganlar.
Sherdor
madrasasining devorlarida uni qurgan usta-me’mor Abdul Jabbor va bezaklarini
yaratgan mohir usta Muhammad Abboslarning nomlari abadiy muhrlanib qolgan.
Ushbu madrasa qurilgan paytida xalq orasida va hujjatlarda “Yalangto‘shbiyning
katta madrasasi” deb atalar edi, ammo keyingi davrlarda noto‘g‘ri ravishda Sherdor
deya atalib ketgan. Registon maydonida bunyod qilingan uchinchi madrasa Tillakori
9
madrasasidir. Bu madrasa ham Yalangto‘shbiy Bahodir tomonidan 17 yil davomida
barpo qilingan. XVII asrlarga kelib Amur Temur jome’ masjidi anchayin xarobaga
aylanganligi tufayli va Registondagi Alika Ko‘kaldosh masjidi batomom yo‘q
bo‘lganligi sababli Samarqand ahli yangi jome’ masjidiga ehtiyoj sezardi. Buni
yaxshi anglagan “Yalangto‘shbiyning kichik madrasasi” degan nom olganligiga
qaramay keyinchalik “Tillakori” degan nom bilan atalib ketdi. Bir necha asrlardan
buyon ajdodlarimizning shonshavkatini, daholiklari va qudratlarini olamga ko‘z-
ko‘z qilib kelayotgan Registon maydoni bugungi
kunda ham ulkan tantanalar,
shodu-xurramliklar o‘tkaziladigan Bosh maydon sifatida o‘z ahamiyatini saqlab
qolgan.
Dostları ilə paylaş: