Eron miniatyura maktablarida o`ziga xos uslublarning kiritilishi
asrga kelib Sheroz maktabi sezilarli darajada orqada qola boshladi. O`sha davrda fan va san'at ixlosmandlariga xomiylik qila boshlagan sulton Xusayn va shu yerda yashab ijod qila boshlagan shoir Alisher Navoiy Eronning eng yaxshi san'at
namoyandalarini Xirotga jalb etadilar. 1519 yili Xirotda Jomiyning «Oltin zanjir» dostoni xattot Mir Ali al Xusayn tomonidan ko`chirilgan. XVI asrning 50 yillarida o`sha paytlarda Ibroxim Mirzo saroyida ochilgan ustaxonada mashxadlik rassom tomonidan ishlangan.
asrdan boshlab miniatyuralar kitob bilan boqlanmagan xolda aloxida-aloxida varaqlarga, «Murakka» maxsus albomlarga ishlana boshlandi.
asrda qozi Axmad ibn Mir Munshiy al Xusayn tomonidan yozilgan «Guliston xunar» ya'ni xattot va rassomlar xaqida risola asari Eron rang tasviri tarixining juda qiziqarli manbaalaridan biridir.
asr Eron rang tasvirida safaviylar poytaxtiga aylangan Isfoxon shaxri bilan boqliqdir. Miniatyuraning Isfoxon miniatyura maktabi maxalliy maktablarni o`zida birlashtirib shu davrning yangi badiiy qoyalarini ifodalab, rassomlarning insoniyat ichki dunyosini ifodalashga qiziqtira boshladi.
Manzara elementlari bilan to`ldirilgan portret janri rivojlandi. Miniatyurada yorqinlik va ko`p ranglilik yo`qola boshladi. Bunda Yevropa rang tasviriga xos nur va soya, Yevropacha kostyumdagi personajlar yuzaga keldi. Isfoxon maktabining asoschilari va yaratuvchilari Oqa Rizo va uning mashxur shogirdi va izdoshi Rizo Abbosiydir. XVII asrning ikkinchi yarmida rassom Aliquli Jabbor va italiyada ta'lim olgan Muxammad Zamon yetishib chiqdi. Rizo Abbosiy shox Abbos – I saroyida saroy rassomi edi. Rizo Abbosiy nafis chizgilari go`zal rang tasvir asarlarining moxirona ustasi bo`lgan. Individuallashtirilgan portretlarni yaratishga intilgan. Bu maqsadga yetish uchun rassom naturaga qarab ishlagan. Chunki uning gavdasi xarakatlarini, imo-ishoralarini va xolatlarini tasvirlarda xayotiy lavxalar va eskizlar saqlanib qolgan.
– XIX asrlar Eron miniatyurasida jannat va do`zaxni, Muxammad payqambarni, imomlarini tasvirlash va boshka shunga o`xshash daqal xunuk xarakterga ega bo`lgan but shaklidagi asarlar keng tarqalib ketadi. XIX asr va XX asr boshlarida rassom Kamol ul Mulki Eron rangtasvirini Yevropaning badiiy va texnik priyomlarini qo`llagan xolda islox qiladi. Miniatyura Eron san'atining shunchalik o`ziga xos va yorqin bir ko`rinishi ediki, uning an'analari va ta'siri
xozirgi zamon Eron rassomlarining ijodida xam sezilib turadi.