O`rta Osiyo miniatyurasining badiiy qiymatini o`ziga xos xususiyatlari so`nggi taraqqiyot davrigacha bu san'at turi o`zgaruvchan tarixiy madaniy sharoitlarga moslashib, yashashda davom etgani, moddiy va ma'naviy borliqni o`zgartirmoq va in'ikos ettirmoqning yangidan - yangi usullarini ishlab chiqishda davom etganini o`rganishni taqozo etadi. O`rta Sharq xususan Kojar va Kashmir miniatyurasi va shu bilan birgalikda O`rta Osiyo miniatyurasini o`rganilmadi.
XVIII asrning oxiriga kelib, xo`jalik axvoli izga tushdi. Buxoro amirligi, Xorazm va quqon xonliklari mavqeini mustaxkamlanishi iqtisodiy taraqqiyotga, madaniy rivojlantirishga va kitob san'ati ustalarining ishining jonlanishiga olib keladi.
Osiyoda eng yirik davlatlardan xisoblangan Eron insoniyat sivilizasiyasining eng qadimgi markazlardan biridir. Bu yerda necha ming yillar davomida arxitektura, ulkan qurilishlar va qoyalarga ishlangan monumental relyeflardan tortib, nozik toshdan yo`nib ishlangan buyumlar, sopol idishlar va ajoyib miniatyuralargacha
yaratildi.Eron miniatyurasini ko`zdan kechirib chiqishdan avval qisqa bo`lsa-da, tarixga nazar tashlash joizdir.
Eron miniatyura san'ati va nodir qo`lyozmalarni yaratilishi. VII asrning o`rtalarida Eron arablar tomonidan bosib olinib arab xalifalariga qaram bo`lib qoldi. Eron bu qaramlikdan IX- X asrlardagina ozod bo`ldi. Arablar o`zlari bilgan yangi islom dinini olib kelishdi. Islom dini maxalliy badiiy an'analarni butunlay yo`qota olmagach, ularni yo`nalishga katta ta'sir qiladi: binolarni Yangi masjidlarni qurish shart bo`ladi. Tasviriy san'atni rivojlantirishni cheklaydi (inson qiyofasini tasvirlashni qisman ma'n qiladi), bezakli naqsh san'atini rivojlanish sur'ati tezlashadi. X asrning boshlarida Eronning sharqiy viloyatlari O`rta Osiyoliklar xokimiyati tepasida turgan Samoniylarga yon bosadi. Buning oqibatida O`rta Osiyo va Eron Xalklarining madaniy aloqalari yo`lga qo`yiladi. X-XIII asrlarda feodalizimning rivojlangan davri – Eron san'atining rivojlanishida eng muxim bosqichdir. Chunki bu davrda me'morchilikning asosiy shakllari, tasviriy san'at, badiiy xunarmandchilik ravnaq topadi.
Bu o`zgarishlarni xammasi Eron shu vaqt ichida ikki marta XI asrda saljuqiy turklari tomonidan va VIII asrda murillar tomonidan ayovsiz bosqinchilik yurishiga uchragan oqir tarixiy davrlarda yuz beradi.Madaniyatning rivojlanishi keskin qoyaviy kurashlarda, feodalizm zulmiga qarshi yo`naltirilgan xalq xarakatlari davomida kechadi.
Xokim sinflar islom diniga mexnatkash xalqni jaxolatdan saqlash quroli sifatida qaragan edilar. Ammo, mamlakat uchun eng oqir bo`lgan paytda xam xalqchil, xayotbaxsh manbaalar chinakkam san'at asarlarining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. San'atlar ichida eng avvalo, Eronning ajoyib she'riyati barq urib rivojlanadi. Shoirlar qatorida eng birinchi bo`lib, Eron va tojik adabiyotining klassigi, mashxur «Shoxnoma» poemasining muallifi Abulqosim Firdavsiy turadi. XI-XII asrlar mobaynida faylasuf shoir Umar Xayyomning o`sha davr uchun yangilik bo`lgan chuqur mazmunli ruboylari dunyoga keladi.
XIII- XIV asrlar esa «Guliston» va «Bo`ston» nomli o`lmas asarlar avtori shayx Sa'diyning nozik va nafis lirik - asarlar muallifi xofizning nomi bilan
xarakterlanadi. Ularning asarlari eng moxir xattotlar tomonidan mexr-muxabbat bilan ko`chirib kitob qilingan. Ajoyib miniatyuralar bilan bezatilgan. qimmatbaxo mukovaga o`ralgan.
Eron miniatyura san'ati dunyoviy rang tasvirining eng yorqin tarixiy saxifalaridan biridir. Bu san'atning bizgacha yetib kelgan birinchi yodgorliklari XI asr boshlariga taalluklidir. Ammo miniatyura janrining Sosoniylar davridayoq (III va VII asrlar) mavjud bo`lganligi xaqida xam ma'lumotlar bor.
Eron anikroqi, fors miniatyurasi kitob illyustrasiyasi shaklida yuzaga kelib, to XVI asrgacha xam kitob va qo`lyozma varaqi bilan uzviy xolda rivojlanadi.
Katta shaxarlarda, xukumdorlarning saroylarida mansabdor shaxslarda kitoblarni ko`chirish va bezatish bilan shuqillanadigan katta-katta ustaxonalar bo`lgan. qadimgi Eron qo`lyozmalari, muqovasining rang-barangligiga nafis, yaltiroq qoqozga yozilgan nastalik xusnixatning nafisligi, miniatyuralarning yorqin bo`yoqlari va nakshni bezaklari xamon kishilarning diqqatini o`ziga tortib keladi. Shuni xam aytib o`tish lozimki, Eron miniatyurasi va undagi tekst parchasi orasida o`ziga xos uyqunlik mavjuddir. Meneral bo`yoqlar tuxumning oqidan yoki o`simlik mumida eritib ishlatilgan rasmning ba'zi bir joylarida tilla va kumush suvi yuritilgan.Qoqoz va tayyor sur'at toq billuri yoki qimmatbaxo qizil tosh aqiq bilan jilolangan qo`lyozma kitobining zarvaraqi rang-barang arnamental naqshlar bilan o`ralgan. Saxifalarning xoshiyasi esa o`simliklarni tasvirlovchi naqshlar va xayvonlar shakli bilan to`ldirilgan bo`lib, oqish rang, tilla suvi yoki bo`lmasa, zarxal bilan qoplangan. Teridan qilingan muqovalar esa tilla qo`shilgan naqshlar bilan zarb qilingan.