394
ma'lumotlarni izlab topish va tahlil qilishga o`rgatish hamda shu asosda
mas'uliyatli eychimlar qabul qilish ko`nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirish, shuningdek, barcha bakalavriat ta'lim yo`nalishlari va
magistratura mutaxassisliklari davlat ta'lim standartlarida ko`zda tutilgan
talaba mustaqil ishi uchun belgilangan o`quv yuklamani to`liq bajarish va
ilmiy-uslubiy jihatdan ta'minlash vazifasi amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda ushbu fanning xususiyatlari,
shuningdek, har bir talabaning akademik o`zlashtirish
darajasi va
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan amalga oshiriladi:
Ayrim nazariy mavzularni o`quv adabiyotlari yordamida
mustaqil o`zlashtirish; berilgan mavzu bo`yicha axborot (referat)
tayyorlash;
seminar va amaliy mashg`ulotlarga tayyorgarlik ko`rish;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llash, dars ishlanmalarini
tayyorlash;
nazariy bilimlar asosida
chizmalar, diagrammalar tayyorlash;
amaliy mashg`ulotlarda interfaol usullardan foydalanish;
qonunni sharhlash;
huquq ijodkorligini amalga oshirishga o`rganish;
amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
ilmiy maqola, anjumanlarga ma'ruza
tezislarini tayyorlash;
kurs ishi (loyihasi)ni bajarish;
malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini
tayyorlash;
huquqiy tahlil qilish (yuridik gazeta va jurnallarda chop etilgan
maqolalarni huquqshunoslikning sohalariga
tegishli ruknlariga ajratib
olishni o`rganish;
yuridik gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalarning
mazmunini tushunish va ushbu maqola bo`yicha fikr-mulohaza bildira
olishga
erishish;
ilmiy tilni tushunish va fikrning yozma ilmiy uslubiga o`z
mulohazasini bildirish; muallif haqida ma'lumotga ega bo`lish;
maqolada ko`tarilgan muammoning eychimi bo`yicha ham o`z
fikrini bildirish va h.k.
395
Huquqiy tahlil jarayonida tanqidiy fikrlar ham bildirilishi mumkin.
Mustaqil ish muayyan fandan o`quv dasturida belgilangan hamda
talaba tomonidan o`zlashtirilishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va
malakaning ma'lum bir qismi bo`lib, o`qituvchi maslahati va tavsiyalari
asosida auditoriyada yoki auditoriyadan tashqarida bajariladi.
Ushbu
bo`limda talabalar mustaqil ishini bajarish yuzasidan kafedra tomonidan
savol va topshiriqlar hamda ularni bajarish bo`yicha metodik tavsiyalar
beriladi.
Dostları ilə paylaş: