Sharov rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/11
tarix04.12.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#72314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-kurs Mustaqil talim toshiriq

Telekonferensiya xizmati


Telekonferensiya xizmati elektron pochta xizmatining har tomonga tarqatish xizmatiga o'xshab ketadi. Telekonferensiya xizmatida xabar bitta muxbirga yuborilmay, balki bir guruh muxbirlarga uzatiladi (bunday guruhlar telekonferensiyalar yoki yangiliklar guruhi deb ataladi). Yangiliklar guruhi uzatilayotgan serverdan boshqa hamma serverlarga jo'natiladi. Bu jarayon vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi. Har bir serverga tushgan xabar chegaralangan vaqt mobaynida (odatda, bir hafta) saqlanadi. Ushbu davr mobaynida xohlovchilar xabarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bir sutka ichida hamma tomonga tarqatilgan xabarlar butun yer shariga tarqaladi. Keyinchalik bu xabarlar asta-sekin o'chiriladi, chunki serverga ushbu xabarlar qayta jo'natilmaydi. Har kuni dunyo miqyosida millionga yaqin xabarlar tarqatiladi. Ularning orasidan kerakli xabarlarni topib olish amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun, telekonferensiya tizimi mavzular guruhiga bo'lingan. Hozirgi vaqtda dunyoda yangiliklar mavzularining 50000 ga yaqin guruhi mavjud. Yangiliklar guruhidan foydalanishning asosiy ma’nosi shundaki, butun dunyo bo'yicha shu sohaga taalluqli mutaxassislarga murojaat qilib savol berish va kerakli javobni yoki maslahatni olish mumkin. Bu yerda, albatta, shu narsaga e'tibor berish lozimki, berilayotgan savolning mazmuni telekonferensiyaning mavzusiga taalluqli bo'lishi kerak. Ko'pgina yuqori malakali mutaxassislar (konstruktorlar, muhandislar, olimlar, vrachlar, pedagoglar, huquqshunoslar, yozuvchilar, dasturlovchilar va boshqalar) doimiy ravishda o'zlariga taalluqli telekonferensiya mavzularini ko'rib boradilar. Bunday ko'rinishda ma’lumotlami olish ma’lumotlar monitoringini tashkil qilish deyiladi. Yangiliklar guruhidagi katta hajm kutubxonasi dagi xabarlar monitoringini tashkil qilish masalani murakkablashtirib yuboradi. Shu sababli ayrim guruhlarda keraksiz ma’lumotlami, ya’ni telekonferensiyaga aloqasi bo'lmagan ma’lumotlarni tushirib qoldirish imkoniyati mavjud. Bunday konferensiyalami moderatsiyalanuvchan deb yuritiladi. Moderator sifatida mas’ul kishi yoki ma’lum bir kalit so'zlar bilan filtr qiladigan maxsus dastur ishlatilatishi mumkin. Bu holni avtomatli moderatsiya (автоматическая модерация) deyiladi.
Telekonferensiyalar xizmati bilan ishlash uchun mijozlarga mo'ljallangan maxsus dasturlar mavjud. Masalan, Microsoft Outlook Express telekonferensiyalar xizmati bilan ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur bilan ishlash uchun elektron aloqa xizmati kabi uning kerakli parametrlarini yuklash va yangiliklar guruhi (группа новостей) serveri bilan o'zaro aloqani ta’minlash kerak.

  1. VIDEOKONFERENSIYA

Videokonferensiya – bu texnologiya orqali foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda video tizimlar orqali ko’radi, eshitadi va ma’lumotlar almashadi.
Videokonferensiya tarixi 1964 yil AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan boshlanadi.
Videokonferensiya o’tkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim:
a) videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan kompyuter (texnik) qurilmalari;
b) videokonferensiyani o’tkazish talabiga javob beruvchi aloqa kanallaridan foydalangan holda, muloqotga chiquvchilar bilan bog’lanish.
Videokonferensiya nima uchun kerak degan savolga quyidagi sabablarni ko’rsatish mumkin. Insonlar kundalik hayotida olayotgan ma’lumotlarni 80-85% ni ko’rish orqali oladi. Shuningdek, boshqaruv ishlari, meditsina, masofaviy ta’lim va boshqa jabhalarda videokonferensiyani ahamiyati juda muhim. Minglab kilometr masofadagi shaxslarni real vaqtda muloqotini oshirish ham vaqt, ham iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin