O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAROV RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
SUN’IY INTELLEKT VA AXBOROT TIZIMLARI KAFEDRASI
Suyarov Akram Musayevich
KOMPUTERNING TEXNIK VA DASTURIY TA’MINOTI
(Matematika va informatika yo’nalishi uchun mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma)
SamDU Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalar fakulteti №_ sonli bayonnomasi asosida chop etishga tavsiya etilgan
SAMARQAND - 2022
Mazkur uslubiy ko‘rsatma 60110600 –Matematika va informatika mutaxassisliklari uchun komputerning texnik va dasturiy ta’minoti fanidan mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha tavsiyalar berishga mo’ljallangan.
Mazkur uslubiy ko‘rsatma fanning o’quv dasturi va sillabusiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: Suyarov A – SamDU «Sun’iy intellekt va axborot tizimlari» Dotsent, PhD.
Taqrizchi: A.Qarshiyev– TATU Samarqand filiali, “Dasturiy injiniring” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi.
Uslubiy ko‘rsatma SamDU “Sun’iy intellekt va axborot tizimlari” kafedrasining 2022 yil “___” ______________ dagi “___” - son yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri:_____________________F.Nazarov
Uslubiy ko‘rsatma Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalar fakultet ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2022 yil “___” ______________ dagi “___” - sonli bayonnoma)
Fakultet kengashi raisi: ____________________ A.I.Babayarov
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
«Komputerning texnik va dasturiy ta’minoti» fani bo’yicha bakalavrning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismidir.
Bkalavrlar ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib, mustaqil referatlar tayyorlaydilar va mashg’ulot rejasi bo’yicha quyilgan masala yechimini amalga oshirish bilan bog’liq savollarni yoritadigan loyihalar tayyorlashadi.
Mustaqil ta’lim natijalari o’qituvchi tomonidan baholanadi va qayd qilish daftariga belgilab boradi. Buning uchun berilgan vazifalarni tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Mustaqil ta’lim bo’yicha nazariy bilimlarni o’zlashtirish darajasini baholash esa, ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan bajariladi.
Mustaqil mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha har bir talabaga 4 ta mavzu bo’yicha referat yozish va izoh berish
Referat mavzulari talabalarning har biri uchun alohida topshiriq sifatida taqsimlab beriladi, ya’ni talabalar guruh jurnalidagi tartib raqamiga mos referat mavzularini bajaradilar.
Referatning tuzilishi quyidagicha bo’ladi:
Titul varaqasi.
Reja.
Kirish qismi.
Asosiy qismi.
Xulosa.
Ilovalar (mavzuga oid krossvord va test) .
Foydalanilgan adabiyotlar.
Mustaqil topshiriqlar talabalar tomonidan o’z vaqtida bajarilib, faylli papkaga joylashtiriladi va hisobotlari bilan birga nazorat o‘tkazish davrigacha o’qituvchiga topshirishlari lozim.
Mustaqil ta’limning mazmuni va hajmi
№
|
Mustaqil mashg’ulot mavzulari
|
Berilgan topshiriqlarni bajarish mexanizmi
|
Bajarish muddati
|
1
|
Axborot va axborotb jarayonlari.
Axborot texnologiyalari elektron ma'lumotlarni qayta ishlash AT elektron ma'lumotlarni qayta ishlash IT boshqaruv. Kompyuterning asosiy qurilmalari va tizim blokining tarkibiy qismlari. Kompyuterning qoʻshimcha qurilmalari. Qoʻshimcha qurilmalarning asosiy xususiyatlari, turlari va vazifalari. Biznes hujjatlarini yaratish. Jadvallarni o'z ichiga olgan matnli hujjatlarni formatlash. Shablonlar asosida hujjatlarni yaratish.
|
Nazariy ma’lumotlarni tahlil qilish, amaliyotda qo’llash.
Referat ko’rinishida hisobot tayyorlash va topshirish
|
1,2 xaftalar
|
2
|
Axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Grafik muharrirlarda ishlash. Kompyuter grafikasi va uning turlari. Ranglar modellari va grafik formatlar. Grafik dasturining asosiy vazifalari va yoʻnalishalari. Paint.net, photoshop, Corel Draw grafik muharrir interfeysi va uskunalar paneli. Grafik muharrirlarda sodda tasvirlar yaratish. Grafik muharrirlarda matn bilan ishlash Grafik muharrirda sohani belgilash amallari. Qatlamlar bilan ishlash. Formulalar va funksiyalar yordamida raqamli ma'lumotlarni elektron jadvalda hisoblash. Berilgan shart uchun optimallashtirish masalasini yeching. Mathcad va Maple muhitida oddiy arifmetik ifodalarini hisoblash. Chiziqli algebra masalalarini yechish. Tenglamalar tizimini yechish.
|
Nazariy ma’lumotlarni tahlil qilish, amaliyotda qo’llash.
Referat ko’rinishida hisobot tayyorlash va topshirish
|
2,3 xaftalar
|
3
|
Elektron taqdimotlar vositalari.
Shablonlar yordamida taqdimot yarating. Taqdimotda animatsiyadan foydalanish Taqdimotlar uchun slayd navigatsiyasini yarating. Taqdimot uskunalaridan foydalanish. Pedagogik dasturiy vositalar. Macromediya Flash da chizish usullari. Chizish paneli va instumentlari bilan tanishish. Autoplay dasturiy vositasi. Uning vazifasi va o‘quv jarayonida qo‘llanilishi.
|
Nazariy ma’lumotlarni tahlil qilish, amaliyotda qo’llash.
Referat ko’rinishida hisobot tayyorlash va topshirish
|
3,4 xaftalar
|
4
|
Masofaviy ta’lim texnologiyalri. LMS – ta’limni boshqarsh. LMS (Learning management systems – ta’limni boshqaruv tizimlari) haqida. LMS platformalari turlari va vazifalari. LMS asosida masofaviy ta’lim olish. Moodle platformasi. LMS asosida masofaviy ta’lim olish. Google Clasroom platformasi. MOOC (massive open online courses – mashxur ochiq onlayn kurslar) haqida. MOOC platformalari turlari va vazifalari. Coursera, Khan Academy, Lektorium, EdX, Udemy platformalari bilan tanishish. Kompyuter tarmoqlari, Internet, Internetda blutli texnologiyalar. SMM platformalar bilan tanishish. Youtube, google platformalari.
|
Nazariy ma’lumotlarni tahlil qilish, amaliyotda qo’llash.
Referat ko’rinishida hisobot tayyorlash va topshirish
|
5,6 xaftalar
|
Dasturning informatsion uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o’qitish jarayonida zamonaviy axborot, pedagogik va kommunikasion texnologiyalarni qo’llash nazarda tutilgan. Bularning asosini zamonaviy kompyuterlar, bilim berish dasturiy vositalari, prezentasiya, vizual laboratoriya, elektron didaktik texnologiyalar tashkil qiladi.
Fanning uslubiy asoslari sifatida amaliy mashg’ulotlarida aqliy xujum, guruhli fikrlash, “ish uyinini” tashkil qilish va boshqa pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi.
Mustaqil ta’limni baholash mezoni
«Komputerning texnik va dasturiy ta’minoti» fani bo’yicha mustaqil ishlarni bajarish jarayonining baholanish har bir magistrant mustaqil ta’lim mavzularini nazariy va amaliy jihatdan bajarishiga qarab amalga oshiriladi.
«Komputerning texnik va dasturiy ta’minoti» fani bo’yicha mustaqil ishlarni baholash har bir mavzu 7 ballik tizimda baholanadi va barcha mavzular bo’yicha 30 ball hisoblanadi.
Telekonfrensiyalar va videokonfrensiyalar mavzusi bo’yicha mustaqil ishni bajarish uchun uslubiy qo’llanma
Mavzu: Telekonfrensiyalar va videokonfrensiyalar
Reja:
Dostları ilə paylaş: |