SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA’LIM - TARBIYA HAQIDAGI PEDAGOGIK QARASHLARI
O’tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o’z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo’lamiz. Mana shunday mangu allomalar jumlasiga Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin. Xoja Ahmad Yassaviy o’zining ma’naviy-axloqiy qarashlari bilan bugungi kunda ham pedagogika faniga beqiyos qo’sha olganligi olib borilgan izlanishlardan ayon bo’lmoqda. “Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko’ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o’zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy rostgo’ylik, halollik, o’z-o’ziga talabchanlikni targ’ib qiladi. Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi. Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari o’quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan o’zini olib qochishga undaydi” [3:10]. Shuning uchun ham ta’lim tarbiya jarayonida ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yana bir yiriq allomalardan biri Burxoniddiy Marg’inoniydir. Burxoniddiy Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida diyonat, iymon, vijdon, burch, insoniylik xususidagi g’oyalari shaxsni har tomonlama va uyg’un rivojlantirishning asosiy vositasi bo’lib xizmat qilgan.