Sharq falsafasi. O’rta osiyo mutafakkirlarining falsafaga qo’shgan hissalari Reja



Yüklə 26 Kb.
səhifə1/4
tarix05.10.2023
ölçüsü26 Kb.
#152395
  1   2   3   4
Sharq falsafasi. O’rta osiyo mutafakkirlarining falsafaga qo’shgan hissalari


Sharq falsafasi. O’rta osiyo mutafakkirlarining falsafaga qo’shgan hissalari
Reja:

  1. Qadimgi sharqda falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi.

  2. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar.

  3. Ilk o‘rta asr SHarq falsafasi va Uygonish davri.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Hozirgi adabiyotlarda falsafaning vujudga kelishini marksizmning sinfiylik tamoyillariga asoslanib, quldorlik tuzumining shakllanishi bilan bog‘lab, uning tarixini uch ming yil deb hisoblanadi. Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy fikrlashlar, olam va undagi hodisalarga aql ko‘zi va tajriba mezoni bilan qarash unsurlari mavjuddir. SHu bilan birga falsafa tarixining rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu davrlari bilan bog‘lab tushuntirish xam o‘zini oqlamaydi. CHunki bu davrlar turli mintaqalarda o‘ziga xos tarzda kechgan. Masalan, qadimgi Gretsiya va qadimgi Rumoda qulchilik iqtisodiy ishlab chiqarish usulini asosini tashkil qilib, bu davlatlarning rivojlanishida quldorlik davrini tashkil qilgan. Agar Xitoy, O‘indiston xamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlasak bu erda sof quldorlik tuzumi bo‘lmaganligini ko‘ramiz. Ko‘pgina davlatlarda qulchilik u yoki bu tarzda XIX asrning 2-chi yarmigacha davom etib, hech qachon ular iqtisodiyotning asosini tashkil qilmagan.


SHuning uchun falsafaning rivojlanish bosqichlari turli mintaqalarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligiga e’tiborni qaratish kerak. O‘amma mintaqalar uchun falsafiy savol va javoblar tug‘ilishini universal bosqichi bo‘lib mifologik tafakkurning parchalanish davrini olish mumkin. Falsafiy fikr rivojlanishiga yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri – bu, jahon tarixiy–falsafiy jarayonlarni turli–tumanligini toraytirib qo‘yadigan Evropotsentrizm qarashlaridir. Bu qarashlarni g‘ayriilmiyligini ko‘rsatish bilan SHarq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik kerak. Bu o‘rinda G‘arb va SHarq tarixiy–falsafiy jarayonlarini davrlarga ajratish tamoyillariga e’tibor qaratish bilan birga G‘arb va SHarq falsafasidagi an’analarning o‘zaro munosabatini ham tahlil qilish lozim.
SHarqning o‘ziga xosligi, unga munosib bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining SHarq sivilizatsiyasining quchog‘ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor.
Miloddan ilgari X-VIII asrlarda Turon (Markaziy Osiyo)da ijtimoiy munosabatlar ravnaq topa boshlaydi. SHu davrda Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar YUnon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa, Eron manba’larida saklar deb nomlanganlar. Ammo katta hududga tarqalib ketgan turk qabilalari yashaydigan ulkan maskan Turyuok, Turon, Turkiston deb atab kelingan. Sobiq SHo‘rolar davrida shu maskanlarni ¤rta Osiyo, Markaziy Osiyo deb atash rasm bo‘lgan. Qadimgi Turon xalqlari xayotida dexqonchilik va chorvachilik muxim axamiyat kasb etgan. Bu xududda dexqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, u sug‘orish inshootlarining rivojlanishiga olib kelgan. SHunday qilib dastlabki madaniy markazlar vujudga kela boshlaydi. Mana shu davrda Turonda oromiylar alifbosi keng tarqalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar, Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. SHu bilan birga bu joyda yashayotgan xalqlarning boy adabiy merosi paydo bo‘la boshlaydi. Turonliklarning og‘zaki ijodining eng dastlabki namunalari bizgacha etib kelgan. Masalan, To‘maris, Spitamen, Zarin, CHo‘pon, SHiroq xaqidagi afsonalar shular jumlasidandir. Ularda Turon xalqlarining vatanparvarlik xislatlari madx etiladi.Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha Turonda zardushtiylik va u bilan bogliq dunyoqarash xukmronlik qilgan. Zardushtiylik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha davrning xukmron mafkurasi ham edi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» materiali (12000 oshlangan qora mol terisiga yozilgan) miloddan ilgari bir qancha asrlar davomida to‘plangan. Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik davrida uning ko‘p qismi yo‘qolgan. Eronlik Arshoxiylar davrida uning qolgan qismi «Avesto» sifatida tartibga solingan. Unda Turon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy qarashlari va umuman dunyoqarashi o‘z ifodasini topgan.«Avesto»da o‘tmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va erdagi dunyoning yaratilishi bilan bogliq afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati, nabototi, ilm-fani o‘z aksini topgan. Unda qadimgi Turon o‘lkasining iqlimi, suvi, xayvonot dunyosi, er tuzilishi, sahrolari, tog‘lari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan.
G‘arazgo‘ylik, xasad, manmanlik, fitna-fasod «Avesto»da qattiq qoralansa, va’daga vafo qilish, axdga sadoqat, samimiyat, xolislik, o‘zaro izzat-ikrom kabi odamlar o‘rtasida ustivor bo‘ladigan axloqiy qoidalar ulug‘lanadi. «Avesto» dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi.«Avesto»da odamlarni imonli bo‘lishga, doimo pok-toza yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yovuz niyat va so‘zlardan yuz o‘girishga da’vat etadigan axloqiy qoidalar diniy o‘gitlar, falsafiy g‘oyalar nihoyatda ko‘p.«Avesto»da qayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri – insonlarni mehnat qilishga, o‘z qo‘llari bilan moddiy boyliklar yaratib, to‘q-farovon hayot kechirishga da’vatlardir.Zardushtiylik dini va uning «Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb hisoblangan er, suv, tuproq, olov muqaddaslashtiriladi. Er va xavo shunday e’zozlanganki, xavoni bulg‘ash, ifloslantirish, xayvonlar o‘ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini ham erga ko‘mish, suvga oqizish, olovda yoqish gunoxi azim bo‘lgan. Marxumlar erni, suvni, xavoni zaharlab qo‘ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlar – ostadonlarda ko‘mish rasm bo‘lgan.SHunday qilib, «Avesto» yakkaxudochilik (vaxdoniyat)ga asoslangan dunyoda eng birinchi din bo‘lgan. Undagi barcha asosiy g‘oyalar hozirgi jahon dinlarida o‘z mujassamini topgan. SHuning uchun ingliz tadqiqotchisi Mere Boys xonim zardushtiylikni bilmay turib, jahon dinlari mohiyatini anglash qiyin, deydi. Zardushtiylikning muqaddas kitobida ajdodlarimizning uzoq o‘tmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy yigindisi, tili, yozuvi, boy madaniyati, falsafasi, badiiy ijodi o‘z ifodasini topgan.Biroq, urug‘lar, qabilalar, elatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, o‘zaro mojarolar tashqi dushmanlar uchun qo‘l keladi. Turonni avval Eron shoxlari bosib oladi. Keyin esa greklar uni o‘z mustamlakasiga aylantiradi. Turon xalqlari, elatlari birlashgan davrlarda yirik qo‘shni davlatlar ular bilan hisoblashganlar, savdo-sotiq aloqalarini kengaytirishga intilganlar. Ayni chog‘da ular bu ko‘hna xalqning «orasini buzib, hukmronlik qil» tamoyiliga amal qilib, ularni parchalab yuborishga muvaffaq bo‘lganlar. Bu achchiq tarixiy xalqiqatlar Tosh bitiklarda o‘z ifodasini topgan: Turk hoqonlari unda turk qavmlariga murojaat qilib, sizlar birlashsangiz dushmanlar xizmatingizda bo‘ladi, maboda parokandalikka yo‘l qo‘ysangiz, unda sizlar dushmanlar malayiga aylanasizlar, degan ma’nodagi falsafiy fikrlar bor.Eron xoqonlari zardushtiylikdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalandilar. Undagi birlik, ezgulik uchun kurash g‘oyalari qadrsizlanib bordi.Bunday sharoitda boshqa g‘oyalar tarqalishi uchun qulay muxit yuzaga keldi.
Astronomiya, matematika, geologiya, geodeziya, geografiya, lingvistika kabi fanlar rivojlanishi ta’sirida falsafiy fikrlarda ham yangicha yondashuvlar paydo bo‘la boshladi. Xalifatdagi ijtimoiy-siyosiy hayot va uni barqaror qilish maqsadlari mahalliy aholining urf-odatlari, marosimlari, umuman madaniyatiga yangicha munosabat belgilashni taqoza etardi. CHunki bosib olingan mamlakatlardagi iqtisodiy va madaniy hayot arablarnikidan ancha ustun turardi. Bularni hisobga olmay siyosat va mafkura belgilash imperiya asoslariga putur etkazishi mumkin edi.
Ma’lumki, SHarq falsafasining etakchi yo‘nalishi inson qalbini, ruxini poklashga, unda komil insonlik sifatlarini vujudga keltirishga, shu negizda ijtimoiy munosabatlarni insoniylashtirishga qaratilgan.Co‘fiylik oqim sifatida islomgacha xam mavjud bo‘lganini tadqiqotchilar ko‘rsatmoqdalar. Masalan, SHamsuddin Boboxonov va Abdulaziz Mansurning fikricha, tasavvuf lafzi xijratning ikkinchi asrida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin shu mazmunni ifoda etuvchi zoxidlik kabi lafz-istilohlar orqali bu yo‘nalish islomdan oldingi davrlarda ham mavjud bo‘lganligini qayd etib o‘tadilar. Ammo u islom zaminida muayyan bir tizimga kirib, tashkiliy tus olganini aytish joizdir.Tasavvuf murakkab diniy-falsafiy oqim bo‘lib xilma-xil yo‘nalishga ega. Unda 2 ta asosiy goyaviy yo‘nalish ko‘zga yaqqol tashlanadi: bu o‘tkinchi dunyo, mol-mulk, mansabga ixlos qo‘yish Allohni unutishga, imonsizlikka olib keladi, degan g‘oyaga tayanib, tarki dunyochilikni targib etganlar; azro‘zi azalda peshonaga yozilgan taqdir borligiga, odam undan qochib qutila olmasligiga ishontirishga intilganlar.
Ikkinchi yo‘nalish – bu dunyo Alloh tomonidan odamlar, ularning insonlardek yashashi uchun yaratilgani, odam shu dunyodagi ezgu ishlari bilan u dunyoda xudo visoliga etishi uchun og‘ir, mashaqqatli poklanish yo‘lidan borishini tashviq etganlar.Tasavvufda Alloh raxmatiga etishishning, inson ma’naviy kamolot yo‘lining 4 bosqichi mavjudligi tasdiq etiladi. Bular shariat, tariqat, ma’rifat va xaqiqatdan iborat.
SHariat – diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, qur’oni Karim va Xadisi SHarifdagi axloqiy, iloxiy ko‘rsatmalarni puxta o‘zlashtirish, aynan izchil sur’atda bajarish, xudoga ibodat qilishdir. SHariat xudoni idrok bilan tanishni ko‘zda tutadi. SHariat talablari, qoidalarini bajarmasdan tariqatga o‘tish mumkin emas.
Tariqat – er yuzasidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda yashab, faqat xudo xaqida o‘ylash, hayol surish, eslash, uni qalbdan sevishdan iborat yo‘lni tanlash bosqichidir.

Yüklə 26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin