Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti



Yüklə 263,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix07.01.2024
ölçüsü263,28 Kb.
#209079
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
merkantilizm
deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari 
odamlarning, jamiyatning boyligi ‘uldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan 
tashqi savdoda - muomala jarayonida ‘aydo bo’ladi, ko’’ayadi, savdoda band 
bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib 
keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya’ni savdo jarayonida hech qanday boylik 
yaratilmasligi, qiymatning ko’’aymasligi ma’lum bo’lib qoldi. Faqat 
ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng boylik muvozanati 
buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir 
boyib, kimdir xonavayron bo’lib boradi. Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining 
asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan 
iborat deb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga 
erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish 
va savdoni o’z ‘anohiga olishi zarur deb hisoblaydi.
Keyingi oqim 
fiziokratlar
deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o’laroq, 
boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’’ayadi, degan g’oyani olg’a surdilar. 
Ularning vakili bo’lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini
 
(1758) yozdi va 
unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini 
ta’riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. 
Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida teng 


miqdorli qiymatlarning almashuvi ro’y beradi, tovarlarning qiymati bozorga 
kirmasdan oldin mavjud bo’ladi. F.Kenening ta’limotida sof mahsulot nazariyasi 
markaziy o’rin egallaydi. Uning fikricha, yal’i ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish 
harajatlari o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. Uning ta’limotida sof mahsulot 
bilan qo’shimcha qiymatni chalkashtirish, ya’ni ikkalasini aynan bir narsa deb 
tushunadi. U qo’shimcha qiymat dehqonlarning qo’shimcha mehnati samarasi 
sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo’shimcha qiymatni 
tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi deb 
tushuntiradi.
4
Bu erda u o’zi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol 
qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo, 
Dyu’on de Nemur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha 
qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, 
boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.

Yüklə 263,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin