bo’lgan talab va uning narxi o’rtasidagi bog’liqlik va o’zaro ta’sirini tahlil qilishda
keng qo’llanildi.
Iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi
neoklassik
, ya’ni yangi klassik deb
nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bo’lib, u
iqtisodiy jarayonning funkstional bog’lanishi va funkstional nisbatlarini ishlab
chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va
taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy yo’nalishning namoyondalaridan biri
Shveystariya iqtisodchisi Leon Valras bo’lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat
modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shum’eter 1912 yilda yozgan
“Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar
o’zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini
ko’rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch
tadbirkorlik degan xulosaga keladi.
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o’zining “Bandlik, foiz va
‘ulning umumiy nazariyasi” degan kitobida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: milliy
daromad, ka’ital xarajatlar, iste’mol va jamg’arishning o’zaro bog’liqligini tahlil
qilib, investistiya va iste’molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil to’ishi
iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko’rsatadi. Keyns ta’limoti, ya’ni
Dostları ilə paylaş: