Хорижий филология. №2, 2017 йил
72
tasvirlash va tavsiflash katta ahamiyatga
molik
bo‗lib,
shoirlar
badiiy
san‘at
namunalarida, xususan, tashxis san‘ati orqali
tabiatning manzaralari: mevalarning shirinligi
va navlari, bog‗ va gulzorlarning ko‗rki-
chiroyi haqida ko‗plab obraz va tasvirlarni
yaratishgan. Tashxis va jonlantirish san‘ati X-
XII asrlar fors-tojik mumtoz shoirlari ijodida
asosan ikki; batafsil va muxtasar shakllarda
namoyon bo‗ladi. Jonlantirish va tashxis
san‘atining batafsil yoki to‗liq shaklini
Odamushshuaro Rudakiy Samarqandiyning
―Modari may‖ -―Mayning onasi‖ qasidasida,
Manuchehriy
Domg‗oniyning
musammatlarida, Bashshori Marvaziy va
Farruxiy
Siistoniyning
qasidalarida
ko‗rishimiz mumkin. Jonlantirish va tashxis
san‘atining muxtasar shakli mazkur davr
shoirlarining turli bayt, ruboiylar va qasida-
musammatlarning alohida qismlarida ko‗zga
tashlanadi.
X-XII
asrlar
fors-tojik
mumtoz
shoirlari ijodida jonlantirish va tashxis
san‘atidan mohirlik bilan foydalangan va
mazkur san‘atning badiiy imkoniyatlari orqali
chiroyli va notakror obrazlar yaratgan
shoirlardan biri bu Abo‗abdulloh
J
a‘far binni
Muhammad
Rudakiy
Samarqand
iydir.
Rudakiy she‘riyatida jonlantirish va tashxis
san‘ati turli shakllarda: gohida tamsilning
ichida va gohida mustaqil shaklda yuksak
badiiyat va did bilan bayon etiladi. Masalan: u
o‗zining ―Madhi Buxoro‖ (Buxoro madhi)
qasidasida tashbih san‘ati qatorida jonlantirish
san‘atining muxtasar shaklidan mohirlik bilan
foydalanadi:
Mir moh astu Buxoro osmon, Moh so„i osmon oyad hame. Mir sarv astu Buxoro bo„ston, Sarv so„i bo„ston oyad hame. [ 5:15]
Mazmuni: Mir oydur Buxoro osmon. Oy osmon ko„yida kelgusidur, Mir sarvdur Buxoro bo„ston, Sarv bo„ston ko„yida kelgusidur. Yuqoridagi misralar asosan tashbih
san‘atidan tarkib topgan, osmondagi Oyning
maqsad sari harakatlanishi va sarvning
bo‗ston yoniga kelishi tashxis san‘atining
muxtasar shaklidan tarkib topgan. Oy
birinchi misrada amirga tashbih etiladi,
ikkinchi misrada jonlantiriladi va maqsad sari
harakat qilib osmon uzra keladi. Uchinchi
misrada ham shoir amirni tavsiflaydi va uni
go‗zal va baland sarv daraxtiga o‗xshatadi.
To‗rtinchi misrada shoirning tasvir ob‘ekti
sarv daraxti jonlantirilib harakatga keltiriladi
va u bog‗u bo‗ston tomon tashrif buyuradi.
Rudakiy Samarqandiy ijodida may
(sharob)ning tayyorlanish jarayoni «Modari
may» qasidasida tashxis san‘atining mufassal
turi vositasida yuksak badiiy obrazlar
vositasida ifodalangan. Rudakiy birinchi
marotaba arab xalifaligining istilosidan keyin
fors-tojik mumtoz adabiyoti tarixida mayning
tayyorlanish jarayonini kiritib, uni badiiy did
bilan tasvirlaydi. Rudakiyning ―Modari may‖
qasidasi yaratilganidan keyin undan keyingi
davr
shoirlari
Bashshori
Marvaziy
va
G‗aznaviylar adabiy muhitining zabardast
namoyandasi Manuchehriy Domg‗oniy may
tayyorlash
jarayoni
an‘analarini badiiy
adabiyotda davom ettirib, o‗z qasida va
musammatlarida
tashxis
va
jonlantirish
san‘atidan mohirlik bilan foydalanadilar.
Fors-tojik
adabiyotining
mohir
tadqiqotchilaridan biri Asrorxon Boboyevning
bu
borada
bildirgan
fikr-mulohazalariri
mavzuni yanada yaxshiroq yoritadi: ―Shuni
aytib o‗tish kerakki, may tayyorlash qadimiy
hunarlardan bo‗lib, bu borada maxsus
hunarmandlar xizmat qilishgan. Badiiy usul
vositasida
adabiyotda
may
tayyorlash
jarayonini tasvirlashni Rudakiy o‗zining
―Modari may‖ qasidasi bilan Manuchehriydan
oldin boshlab bergan edi [ 3:98].
Endi ―Modari may‖ qasidasining
tashbib qismida tashxis va jonlantirish
san‘atining o‗rni va ahamiyatini nazardan
o‗tkazamiz. Rudakiyning ―Modari may‖
qasidasida tashxis sa‘nati mufassal shakli
vositasida may tayyorlash jarayoni va inson
taqdiri fojeasini tasvirlaydi. Shoir tashxis
san‘ati vositasida «May onasi» - (uzum) va
«uning bolasi» (uzumning donalari)-dan may
tayyorlash jarayonini inson hayotida yuz
beradigan
fojia
tariqasida
ta‘sirchan
tasvirlaydi. ―Ona va bola‖ (onaning bolasidan
ajralishi) fojiasini shoir mazmunli, sehrli va