Sharq musiqa cholg'ulari O'rta osiyo musiqa cholg'ulari Ud musiqa cholg'usi



Yüklə 106 Kb.
səhifə12/13
tarix10.07.2023
ölçüsü106 Kb.
#136254
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Cholg’ushunoslik

Ansambl - bu atama milliy musiqa cholg'ularini guro'h-guro'h bo'lib birgalikdagi ijrolari tushuniladi. Masalan; puflama, urma torli, mizrobli, chertma torli, urma zarbli, komonli musiqa cholg'ularinmg ansambllari. Undan tashqari hozirgi kunda O'zbekistonda ansambl jamoalarida ko'proq o'ndan ortiq musiqa cholg'ularini birgalikdagi ijrolari tushuniladi. Har bir musiqa dargohlarida turlicha ansambllar faoliyat ko'rsatadi. Masalan - Toshkentdagi Yunus Rajabiy nomidagi sozanda va xonandalar guro'hidan tashkil topgan "Maqom ansambli". Maqom ansamblida akademik Yunus Rajabiy badiiy rahbar, O'zbekiston xalq artisti Faxriddin Sodiqov musiqa rahbari, shuningdek sozandalardan - Dodaxo'ja Sottixo'jayev doirada, Zokirjon Sodiqov, Ilhom To'rayev, G'ulomjon G'ofurovlar g'ijjakda, Turg'un Alimatov, Erkin Yoidoshev, Sayidazim Qudratullayevlar tanburda, Is'hoq Qodirovlar nayda, Orif Qosimov dutorda, Umarjon Otayev rubobda, hofiz xonandalardan - Karim Mo'minov, Shokirjon Ergashev, Klara Jalilova, Berta Dovudova, Orif Alimaxsumov, Orif Zirkiyev va boshqalar faoliyat ko'rsatishgan. Hozirgi kunda bu ansamblga O'zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov raxbarlik qiladi. O'zbekiston Davlat konservatoriyasidagi An'anaviy ijrochilik boiimidagi ansambl jamoasi, professor Ahmad Odilov rahbarligidagi "Changchi qizlar" ansambli, professor Murod Toshmuhamedov rahbarligidagi "Komonli cholgular" ansambli, G'anijon Toshmatov nomidagi "Dutorchi qizlar" ansambli va Qarshi Davlat Universitetidagi "Bayot" nomli milliy ansambl shular jumlasidandir.
Orkestr - jamoasi ko'p ovozli musiqiy asarlarni ijrosiga mo'ljallangan musiqa cholg'ularidan iboratdir. Turli xil ijrochilar guro'hidan tashkil topgan jamoadir. Hozirgi kunda O'zbekistonda Doni Zokirov va To'xtasin Jalilov nomidagi "Xalq cholg'ulari" orkestrlari bo'lib, bu jamoalar dirijyorlar rahbarligida faoliyat ko'rsatadi.
Akustika - Musiqiy tovushlarni joylashgan o'rni, musiqa eholg'ularida pardalarning joylashuvi akustika vositasida muayyan qilinadi. Musiqa tili bilan sent deb ataladi. Yarim ton 100 sent, bir ton 200 sent, bir oktava oralig'i 1200 sent hisoblanadi. Moskvadagi P.I. Chaykovskiy nomidagi Konservatoriyada "Akustika" laboratoriyasi boiib, milliy musiqa cholg'ularidagi pardalarni joylashuvi maxsus dastgohlar vositasida muayyan qilinadi. 1990 yilda Moskva konservatoriyasiga borib, akustika laboratoriyaning boshlig'i S.N.Chebankov va A.B. Andrianovlar bilan birgalikda uchta dastgoh, ya'ni "KOON" deb ataluvchi moslama asosida ustoz sozandalardan - Turg'un Alimatov, Fazliddin Shahobov, Shohnazar Sohibov, Neriyo Aminov, Ma'rufjon Toshpo'latovlarning Usto Usmon va Usto Tohirlar tomonidan tayyorlangan tanburlarini, Turg'un Alimatovning "sato" musiqa cholg'usini, Badaxshon sozandasi Muhammad Ato Tavolloyevning setoridagi pardalar joylashuvlari sent tuzilmalari asosida muayyan qilindi.

Yüklə 106 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin