Sharq musiqa cholg'ulari O'rta osiyo musiqa cholg'ulari Ud musiqa cholg'usi


MILLIY MUSIQA CHOLG'ULARIMNG IJROCHILIGI HAQIDA



Yüklə 106 Kb.
səhifə11/13
tarix10.07.2023
ölçüsü106 Kb.
#136254
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Cholg’ushunoslik

MILLIY MUSIQA CHOLG'ULARIMNG IJROCHILIGI HAQIDA
Musiqa cholg'ularining ijrochiligi haqida qadimiy musiqiy risolalarda bebaho ma'lumotlar berilgan. Ularning yaratilishi, nomlanishi shu bilan birga ba'zi bir ularning ijroehilari, mutrib-sozandalari, ijro etilgan asarlariga oid ma'lumotlar ko'proq "Ud" va "Tanbur" hamda "Nay" musiqa cholg'ulari haqida bo'lib, keyinchalik boshqa musiqa cholg'ulari haqida ham fikr yuritilgan. Musiqa cholg'ulari uchun dastlabki bastalangan musiqiy asarlarni cholg'u va ashula yo'li ijrolari quyidagicha nomlangan-advor, alhon, navo, parda, davr, ohang, kuy, qonun, savt, bong, lahn, amal, kor, asovot, aqsom, sado, rang, sano, tarkib, davr, fig'on, g'azzol, daston, surud, davl, jam, jins, iqo, zoita, iqoma, marg'ul, maqom, mizon, muloimot, ovo, naqsh, parda, naqra, nag'ma, nag'am, nag'omot, go'sha va boshqalar.
Ma'lumki barcha milliy musiqa cho'lg'ularining ijro yo'llari og'zaki an'ana "Ustod (ustoz) va Shogird" tizimi asosida olib borilgan. Bu turdagi ijrochilik uslubi necha asrlar davomidu shakillanib, ijrochilikda qo'llanilib, xalq orasida mavjud musiqiy asarlarning barcha turdagi nusxalari, namunalari shu asnoda ijro etib kelingan. Hatto Sharq Olimlari Forobiy. Urmaviy keyinchalik Komil Xorazmiylar tomonidan "Ud" va "Tanbur" musiqa cholg'ularining ijrosiga mos nota tizimlarini yaratilishiga harakat qilingan. Lekin bu ijro uslublari keyingi asrlarda yashagan musiqashunos olimlar tomonidan takomillashtirilmagan. Ushbu yaratilgan nota tizimlari keyinchalik Ovrupo nota tizimini yaratilishi va rivojiga asos bo'lgan bo'lishi mumkin.
Og'izaki an'ana uslubiga xos musiqa ijrochiligidagi ijro yo'llari xususan milliy musiqa cholg'ulari ijrolari jarayonida musiqa sadolarini yanada jozibali, mungli, yoqimli, ta'sirchan, hayratomuz va hokazo sadolanishi uchun turli xil milliy ijro bezaklari ijrochilikda qo'llanilib. ular turlicha nomlangan va hozirgi kungacha bu musiqiy bezaklar xalq mutqib-sozandalari tomonidan ijrochilikda qo'llanilib kelinmoqda.
Ular-nola, qochirim, kashish, zarb, zarbi oro,"zarbi parron, teskari zarb, qo'sh noxun, pirrang, yakka zarb, to'lqinlanish, rez, bidratma, nolish, molish, zaxma orqali pastga va yuqoriga harakat va hokazo nomlar bilan atalib, bu milliy ijro bezaklari musiqiy ijro asarlarini xarakteriga va mutrib-sozandalarning ijrochilik mahoratlariga bog'liq holda ijro jarayonlarida qoilaniladi. Bu ijrolar jarayonlarida ijrochining o'ta o'tkir ijro mahoratidan eshituvclii ya'ni shunavandular turli xil holatlarga tushish, miriqib dam olish, hayratdan kuchli ta'sirlanib yig'lashi, baqirishi kabi hollar ham uchrab turadi.
Hozirgi kunda Ovrupo nota tizimi asosida notaga olingan milliy musiqa ijrochiligini cholg'u yo'li ijrosiga moslangan musiqiy asarlarni yuqorisiga ba'zi bir milliy ijro bezaklarini qo'yib uning ijrolari ijrochilardan talab qilinmoqda. Lekin lining asosiy mohiyati va maqsadi aniq tushuntirib berilmagan. Notaga olingan asarni boshlanishdan to oxirigacha nuia yuqorisitv, milliy bezaklar belgilarini qo'yib chiqilishi maqsadga muvofiq emas. Chunki musiqa ilmi va ijrochiligini o'rganish uch pag'onaga ya'ni Boshlang'ich, O'rta va Oliy toitalarga bo'lingan. Ba'zan maktabgacha ham musiqa ijrochiligidan saboq olinishi mumkin. Lekin notaga olingan musiqiy asarlarda qo'llanilgan milliy ijro zarblari yuqoridagi uch toifadan qaysi biriga mo'ljallanganligi haqida umuman fikr yuritilmagan. Shu bois milliy musiqiy ijro bezaklari har bir notaga olingan musiqiy asarda berilishi maqsadga muvofiq emas. Ular kichik-kichik musiqiy ijrolar vositasida alohida-alohida misollar tariqasida berilishi, bu ijro bezaklari ijrochining o'ta o'tkir ijrochilik mahoratiga bog'liqligini izohlab o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Demak hozirgi kunda ikki xil musiqa ijrochiligi mavjud. Bu og'zaki an'ana va nota uslubi asosidagi musiqiy ijrolar. Og'zaki an'ana ijro uslubi qadimul ayyomdan to hozirgi kungacha davom etib kelayotgan milliy musiqa ijrochilik maktabi bo'lib, bu uslubdagi ijrochilik yo'llarini mukammal eng yuqori ya'ni oliy darajada o'zlashtirish har bir mutrib-sozanda uchun dasturul amal bo'lishi shart va zarur.
Hozirgi zamon Ovrupo uslubidagi nota ijrochiligini amaliu va nazariy jihatdan puxta o'zlashtirilishi nafaqat mutrib-sozanda bal'ki barcha musiqa sohasida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar uchun bebaho vazifa hisoblanadi. Nota tizimi ham eng mukammal ilmlardan biri hisoblanadi. Nota tizimini yuqori darajada o'zlashtirilishi nafaqat milliy musiqa ijrochiligiga xos bilimlarni amaliy va nazariy jihatdan anglab yetish bal'ki, qardosh, xorijiy mamlakatlar musiqa ijrochiligiga xos masalalarni chuqur anglab yetishda umumjahon musiqa tili hisoblanadi.
Hozirgi kunda o'zbek cholg'ushunosligi masalalari kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Keyingi yillarda cholg'u ijrochiligida yangi-yangi musiqa cholg'ulari ham qo'llanilmoqda. Buyuk-buyuk mutrib sozandalar yetishib chiqib milliy musiqa cholg'ulari ijrochilik imkoniyatlarini o'zlarining yetuk ustozona ijrolarini nafaqat O'zbekiston bal'ki O'rta Osiyo va ko'pgina xorijiy mamlakatlarda o'tkazilgan musiqiy anjumanlarda namoyish etib, shunavandalar olqishlariga sazovor bo'lib, cholg'ushunoslik, cholg'u ijrochiligi rivojiga o'z hissalarini qo'shmoqdalar.
1939 yilda xalq cholg'u asboblari ijrochilarining butun ittifoq ko'rigida ishtirok etgan keksa xalq sozandalaridan Abduqodir Ismoilov nay, Ahmadjon Umurzoqov qo'shnay hamda Faxriddin Sodiqov chang musiqa cholg'ulari ijrolari bilan ishtirok etishlari va bu tanlovda Faxriddin Sodiqov ikkinchi o'rinni egallaganligi haqida ma'lumot berilgan. (K.Olimboyeva. M.Ahmedov. O'zbekiston Xalq sozandalari. Toshkent 1959 yil. 117 s.). Bu an'analar to hozirgi kungacha davom etib har to'rt yoki besh yilda O'rta va Oliy musiqa dargohlarida musiqa cholg'ulari ijrochilari uchun alohida tanlovlar o'tkazilib, o'nlab yetuk mutrib-soandalar turli xil musiqc cholg'ularining yetuk ijrochilari sifatida e'zozlanmoqda va tanlov g'oliblari sovrindorlari bo'lmoqdalar.
Ma'lumki eng yetuk mutrib-sozandalar Buxoro, Samarqand, Xorazm. Toshkent. Qarshi va Farg'ona vodiysidagi shaharlarda yashab faoliyat ko'rsatishgan. Buxoroda - Ota G'iyos. Ma'rufjon Toshpo'latov, Tohirjon Davlatzoda, Abdurahmon Umarov, To'ra Jorayev, Boboqul Fayzullayev, Fazliddin Shohobov, Shohnazar Sohibov hozirgi kunda Ari Boboxonov, Homidjon Jalolov, Orif Atoyev, OTmasjon Rasulov, Shodibek Sharipov, Samarqandda-Hoji Abdulaziz Rasulov, Qori Siroj, Nayimjon Hamroqo'lov, Ixtiyor Sultonov, Xorazmda-Matpano Ota Xudoyberganov, Matyusuf va Matyoqib Xarratov, Qurbonboy og'a Bobojonov, Matrasul Matyoqubov, Yotdoshali Tojiyiv, Ozod Bobonazarov, Rustam Boltayev, Toshkentda-Shohbarot Tanburchi, Shorahim Shoumarov, ularning davomchilari Faxriddin Sodiqov, Fozil Xarratov, Rustam Negmatov, Ahmad Odilov, Murod Toshmuhammedov, Muhammadjon Mirzayev, Mahmudjon Muhammedov, Sunnat Samadov, Turg'un Alimatov, Orif Qosimov, To'ychi Inog'omov, Mahmud Yunusov, Mamadaziz Niyozov, Jo'rabek Saidaliyev. Salohiddin To'xtasinov, Shavkat Mirzayev, Temir Mahmudov, Abduhoshim Ismoilov. Rahmatulla Samadov, Abdul Ahad Abdurashidov, Abdurahmon Xoltojiyev, Rifatullo Qosimov, Qahramon Komilov, Tohir Rajabov, Alimadjon Dadayev, Zamira Miralimova, Malikaxon Ziyayeva va boshqalar, Farg'ona vodiysidan-Berkinboy Fayziyev, To'xtasin Jalilov. Rasulqori Mamadaliyev. Ro'zmat Isoyev, G'ulomjon Hojiqulov, Komiljon Jabborov va boshqalar. Qashqadaryodan-Abdulla Qodiriy, Mahmud Savdoiy, A'zam Rajabov, Bo'ronxon Muqimov. Ravshan Ziyodov. Islom Rajabov, Solohiddin Rajabov, Murodullo Abdukarimov, Nishonboy Avazov, Abdujabbor Rahmonqulov, Dilshod Megeshev, Otajon Matjonov va boshqalar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda bu ustozlarning ijrochilik an'analari shogirdlar tomonidan o'rganilmoqda va targ'ib qilinmoqda.
Mutrib-sozandalar milliy musiqa cholg'ularida mungli sadolar hosil qilishda ustozlarning ijrochilik an'anasiga xos ijrolarini, ijro bezaklarini qo'llash qoidalarini mukammal o'rganish uchun tinimsiz mashaqqatli mashg'ulotlar olib boradilar. Masalan; dastlab musiqa cholg'ularini sozlash har xil jarangdagi sadolar hosil qilish, holat: o'tirish, cholg'u sozini ushlash va undan foydalanish, o'ng va chap qo'lning harakat qoidalari, hissiyot, mahorat, o'zini tuta bilish, esda saqlash va xotira, yuqori darajadagi bilim va ko'nikma. ezozlasb va nihoyat ijro bezaklarini mohirona qo'llash, ko'pgina yetuk mutrib-sozandalarning ijrochilik maktablaridan xabardor bo'lish, ular ijrolaridagi yutuq va kamchilliklardan xulosa chiqara olishi, ustoz va shogirdlar orasidagi munosabatlar, talab va ijrolar, mashq qilish qoidalari, o'z kasbini qadilash va hokazo.
Mutrib-sozandalar yakka ijro, ikki, uch, to'rt va o'ndan ortiq hamda ansambl, orkestr jamoalariga jo'r bo'lish ijro mahoratini hamda maqom asarlarini, xalq musiqa ijodiyotini. Doyra - ijrosida ikki qo'lning panjalari barobar harakat qiladi. Doyranavoz bir meyorda doyra zarblarini ijrosi ustida tinimsiz mashq olib borishi shart. Doyra musiqa ijrosi jarayonida bir meyordagi doyra zarblariga mo'ljallangan mezon hisoblanadi. Doyraning gardishi va unga qoplanadigan teri esa yaxshilab oshlanadi. Shunday qilib doyralar har xil sado beradi. Yo'g'on, ingichka va hokazo. Gardishdagi aylanada po'lotdan yasalgan aylana halqachalar tayyorlanib o'rnatiladi.

Yüklə 106 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin