Farobiy yozgan asarlaridan bizning e’tiborimizga falsafa, pedagogika, psixologiya, etika-estetika bo’yicha asarlari qiziqtiradi. Farobiyning fikricha muhit va tarbiyaning ta’sirida inson shaxsining ahloqiy sifatlari shakllanadi. Ahloq-tushunchasi Farobiy inson xarakteri bilan chambarchas bog’liq deb hisoblaydi. CHunki xarakterdagi har bir xislatlarni yaxshi tomonga qaratib o’zgartirish mumkin. SHunga asosan inson ahloqini faqat yaxshi tomonga qaratib o’zgartirish mumkin. Uning fikricha inson shaxsining barkamol shakllanishi uchun 4 ta to’siq bor:

hurmatsizlik
hurmatsizlik
ahloqsizlik
o’zgaruvchanlik
ikkilanish
1.Hurmatsizlik.
2.Axloqsizlik.
3.O’zgaruvchanlik
Bundan tashqari Farobiy tarbiyaning qattiq va yumshoqligi haqida ham o’z fikrlarini bayon qiladi. Bu o’z navbatida tarbiya psixologiyasining asosiy g’oyasi va metodlaridan biri hisoblanadi. Uning fikricha shogirdga ta’lim-tarbiya berishda haddan tashqari qattiqqo’llik ustozga nafrat hissini uyg’otadi. Uning ruhida o’z ustoziga nisbatan qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi. Tarbiyadagi haddan tashqari yumshoqlik esa, shogirdga ustozga nisbatan mensimaslik hissini yuzaga ketiradi. U o’z ustozini aldashga va ustidan kulishga harakat qiladi, deb tushunadi. Farobiy psixologiya sohasida aniq bir asarlar yozmagan bo’lsa ham u Aflotun (Aristotel’) psixologiyasining asoslarini mahalliy sharoitda moslashgan holda talqin qiladi va buning oqibatida O’rta Osiyo falsafiy qarashlariga xos bo’lgan psixologik dunyoqarashlar shakllandi.