Sharq mutafakkirlarining ta’lim metodlari haqidagi fikrlari-fayllar.org
Abu Ali Ibn Sino ta’lim oluvchilarni jamoa qilib o‘qitishni ta’kidlaydi. U ta’lim oluvchilarni o‘qitishda ularni birdaniga kitob bilan band qilib qo‘ymaslik kerak deb o‘qtiradi. Shuningdek, olimning fikricha olib boriladigan o‘quv mashg‘ulotlarning mazmun – mohiyati ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos kelishligi va unda turli xil ta’lim metodlari va shakllaridan foydalanish zarur. Bu orqali ta’lim oluvchilarining zerikishlari oldi olinadi.
Ibn Sino ta’limoti bo‘yicha bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og‘zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli ko‘rinishdagi suhbatni tashkil etish, tajribalarni uyushtirish bo‘ladimi baribir, ta’lim oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo‘lgan.
Olimning quyidagi asarlari bizga ma’lum: “Tib qonunlari”, “Ash shifo”, “Al - Qonun”, “Hayy ibn Yaqzon”, “Risolat at - tayr”, “Risolat fil - ishq”, “Nomozning mohiyati haqida risola”, “Ziyorat qilishning ma’nosi haqida”, “An - Najot”, “Donishnoma”, “Kitob ash - ishorat”, “Risolat al - qadr”.

Olim axloqdagi o‘zgarishlarni ularning organizmidagi o‘zgarishlar bilan bog‘lab tushuntiradi. Masalan, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi, g‘azab kuchli qizdiradi, qayg‘u kuchli ozdiradi, xulqning mo‘tadilligi natijasida ham nafs, ham badan sog‘lom bo‘ladi, deb o‘qtiradi.