Sharq mutafakkirlarining didaktik qarashlarida ham ta’lim metodlari masalasiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, Al Xorazmiy, Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sinoning turli ta’lim metodlari haqidagi fikrlari, qarashlari, yo‘nalishlari bunday deyishimizga asos beradi. Muso Al Xorazmiiy o‘zigacha bo‘lgan ta’lim metodlarini sintezlashtirishga harakat qilgan. Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad Al Xorazmiy ham ko‘rgazmali tajriba metodlari, savol-javob, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan keng foydalangan.
Farobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy-axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bu muhim vazifa tarbiyachilar tomonidan turli metodlar yordamida amalga oshiriladi.
Farobiy ta’lim-tarbiya ishlarini yo‘l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Farobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda:
— o‘quvchini zeriktirmaslik;
— bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
Ibn Sino esa bolalarni maktabda jamoa qilib o‘qitish zarurligini qayd etarkan, bolalarga bilim berishda ularni birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi, ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish kabi jihatlarga e’tibor qaratadi.