Образование и инновационные исследования (2022 год №5) ISSN 2181-1717 (E) 187 http://interscience.uz
bag‘ishlangan “Fozil shahar aholilarining fikrlari”, “Baxt-saodatga erishuv haqida
risola”, “Baxt-saodatga erishuv yo‘llari” kabi asarlarni yozgan. Forobiy fazilatli
shaharda ilm, falsafa, axloq, ma’rifatning ahamiyati birinchi o‘rinda bo‘lmog‘i
ke rak, shundagina jamiyat yetuklikka erishadi, deya ta’kidlaydi. Uning fikricha,
insonning va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‘lga kiritish, axloqiy va
aqliy mukammallikka erishuvi inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir,17 shuningdek, bi-
lim-ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim,
— degan so‘zlari zamirida oilada, ta’lim muassasalarida far- zandlarga nafaqat
bilim, balki tarbiya ham zarurligi ilgari surilgan. Zero, dono xalqimiz “Bola – odobi
bilan go‘zal”, deb bejiz aytmagan.
Abu Homid G‘azzoliy o‘zining “Ihyou ulumid-din” kito- bida to‘rtta katta
mavzuni jamlagan:
a) ibodatlar haqidagi qism, b) urf-odatlar haqidagi qism, v) halok qiluvchi va
g) najot beruvchi narsalar haqidagi qism- lar. Har bir qism o‘ntadan, jami qirqta
kitobni o‘z ichiga olgan. Ta’kidlash joiz, Abu Homid G‘azzoliy biror mavzu- ni
yoritar ekan, islomiy odob va an’anaga ko‘ra, dastlab unga tegishli oyatlarni keltiradi,
so‘ngra Payg‘ambarimizning hadislariga murojaat etadi, keyin esa sahobalar va
boshqa ulug‘larning so‘zlaridan, siyratlaridan dalillar keltiradi, shundan so‘ng fikr-
mulohazalarini bayon etadi, lozim o‘rin- larda so‘zlarini hujjat bilan quvvatlaydi.18
Biz Abu Homid G‘azzoliyning “Ihyou ulumid-din” asarining “Muhliqot”(ha- lokatga
olib boruvchi ofatlar) qismini, ya’ni “Til ofat- lari”ni tanladik. Ushbu kitobda muomala
odobi, yuksak axloqiy intizom masalalari oyat, hadis asosida sahobalar- ning so‘zlari,
ibratomuz rivoyatlar orqali yoritilgan. Biz qisqa bo‘lsa-da, til, til ofatlari haqida so‘z
yuritar ekanmiz, tilning faoliyat va ta’sir doirasiga chek yo‘q: yaxshilik sari yursa,
oldida keng maydon, ufqlar qadar cho‘zilgan, yomonlik yo‘liga kirsa, ilon-chayonlar
kabi sudralib, tubsiz tubanlikka ketishi mumkin ekani beixtiyor, har birimizni avval
o‘ylab, keyin so‘ylashga chorlaydi.
Abu Bakr ibn Iyosh hikoya qiladi: “To‘rtta shoh – Hind,
Chin, Eron va Rum podshohlari bir joyga jamlandi. Biri
edi: “Aytmaganlarimga emas, aytgan so‘zlarimga pushaymon- man”. Yana biri
aytdi: “Qachonki bitta so‘z gapirgan bo‘lsam, u so‘z mening xo‘jayinimga aylandi,
men unga tobe. Gapirma- gan so‘zimga esa men xo‘jayin bo‘ldim, u menga tobe”.
Uchinchisi dedi: “Gapirgan gapi o‘ziga qaytarilsa, zarar beradigan, agar qaytarilmasa,
foyda bermaydigan gapiruvchiga ajablana- man?!” To‘rtinchisi dedi: “Aytganlarimdan
ko‘ra, aytmaganla- rimni rad qilish menga osonroq”.
Abu Zar deydi: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam menga shunday dedilar:
Badaningga yengil, mezonda og‘ir amalni senga o‘rgataymi?
Ha, albatta, ey Ollohning rasuli, — dedim.
Bu amal – jim yurish, go‘zal xulq va behuda gaplardan tiyilishdir, — dedilar.
Ibn Mas’ud aytdi: “Sizlarni ortiqcha gapdan ogohlanti- raman! Kishiga ehtiyoj
darajasidagi gap kifoyadir”.
Mujohid dedi: “Albatta, so‘zlar yozib boriladi. Hatto kishi o‘g‘lini tinchitish
uchun: “Senga falon-falon narsalar sotib olaman,” – desa, uni “kazzob” deb yozib
qo‘yiladi.
Mutafakkir Abu Homid G‘azzoliy qarashlaridagi go‘zal xulq, muomala,
so‘zlashda aql va zakovat bilan o‘ylab gapirish, yolg‘on gapirishdan yiroq bo‘lish
ilgari surilgan. Mutafak- kirning bu fikrlarini yoshlar ongiga singdirish va tarbiya-
lash orqali oilalardagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilash, turli kelishmovchiliklar,
nizolarni oldini olish mumkin. Chunki yaxshi gap ham, yomon gap ham bir og‘izdan