Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 5) ISSN 2181-1709 (P) 188 Education and innovative research 2022 y. №5
chiqishi hech kimga sir emas. Shunday ekan, kelinglar, oilada farzandlar- ga,
yaqinlarga muloyim, shirinso‘z, chiroyli muomalada bo‘lib, imkon qadar namuna
bo‘lishga harakat qilaylik.
Tarbiyani keng ma’noda tushungan Avloniy uni birgina axloq tarbiyasi bilan
chegaralab qo‘ymaydi. U, avvalo, bolaning sog‘lig‘i haqida g‘amxo‘rlik qilish
lozimligiga e’tibor qarata- di. Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-
ma’- rifatga ega bo‘lish uchun, avvalo, tan salomatligi zarur. Avlo- niy fikricha,
«badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki
o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgat- moq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad
lozimdur».
Abdulla Avloniy bolaning badantarbiyasi, salomatligi masalasida ota-onalarga
murojaat qilsa, uning fikr tarbiya- si borasida asosiy mas’uliyat muallimlar zimmasida
ekani- ga urg‘u beradi. Bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish, dunyoqarashini
shakllantirish muallimlarning «diqqatla- riga suyangan, vijdonlariga yuklangan
muqaddas vazifadur... Negaki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning
tarbiyasiga bog‘liqdur», – deydi alloma. Shu bilan birga, mu- tafakkir Abdulla
Avloniy: “Ta’lim va tarbiya uzviy bog‘- liq jarayonlardur, dars ila tarbiya orasida
biroz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga
boylangan jon ila tan kabidur”, — deya ta’- kidlaydi. Avloniy insonga yaxshilik va
ezgulik faqat ilm egallash orqali singadi, degan qat’iy fikrni bildiradi. Ilmli, ezgu
g‘oya ruhida tarbiyalangan kishidagina Vatan tuy- g‘usi shakllanadi, ona yurti va ona
tiliga muhabbat uyg‘onadi, sadoqati qaror topadi. Bu fazilatlarsiz komil insonni ta-
savvur etib bo‘lmaydi, degan fikrlarni ilgari suradi.
Yurt ravnaqi, avvalo, uning farzandlariga, ularning ma’- naviy va jismoniy
kamolotiga bog‘liqdir. Shu bois Abdul- la Avloniy yoshlarni ilm, foydali hunar
egallashga, kitob mutolaasiga undaydi. Shuningdek, Avloniy ilmsizni jaho- lat bilan
tenglashtirib, shunday fikrlarni bildiradi: “Jaholat deb o‘qimagan, bilimsiz, hech
narsaga tushunmaydur- gan nodonlikni aytilur”, – deydi. “Ilm sahroda – do‘st, hayot
yo‘llarida – tayanch. Yolg‘izlik damlarida – yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda – rahbar,
qayg‘uli onlarda – madadkor, odamlar orasida – zebu ziynat, dushmanlarga qarshi
kurashda – qurol- dir”22. Mutafakkir: “Go‘zallik yuzda ermas, ey birodar, so‘zi shirin
kishi har kimga yoqar”, “So‘zing oz bo‘lsinu, ma’noli bo‘lsun, eshitganlar qulog‘i
durga to‘lsun,” — deb insonlarni xushsuxan bo‘lishga chorlaydiki, toki so‘zlarimiz
farzandla- rimiz uchun namuna bo‘lsin.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048). Mutafakkirning 154 ta asari nomlari ma’lum.
Ulardan “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Ma’sud qonuni”,
“Astronomiya va yulduzlar to‘g‘risida”, “Minerologiya” va boshqa asarla- ri
bizgacha yetib kelgan. Mutafakkir o‘z asarlarida falsa- fiy-axloqiy qarashlar bilan bir
qatorda xalqlar o‘rtasida do‘stlik va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Beruniy-
ning fikricha, kishilar uchun dunyoda turli holatlar bor. Bu mahmud (maqtaluvchi),
yaxshilik va yomonlikdir. “Maqtanarli (yaxshi) hollarning (markazi) muruvvat
(mardlik-erlik) bo‘- lib, muruvvatning tayanchi poklik va tozalikdir”, – deydi.
Beruniyning fikricha, kishi axloqiy mukamallikka eri- sha olishi uchun o‘z xulqi
va odatlaridagi nuqsonlarni to- zalab, o‘zini tarbiyalab, axloqan davolashi zarur, deydi.
Be- runiy xalqlar o‘rtasida do‘stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Beruniy
o‘zining “Hindiston” asarida oila va nikoh munosabatlarini yoritadi. Mutafakkir oila
va nikoh munosabatlarining nozik tomonlarini axloqiy va huquqiy nuqtai nazardan
tadqiq qilar ekan, oilaning mu- stahkam va tinch-totuv bo‘lishi, er-xotinning ahilligi,
shi- rinso‘zligi, bir-biriga bo‘lgan mehr-oqibatiga bog‘liq, degan fikrni ilgari suradi.