155
benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo‘ljallangan tovar
mahsuloti tushuniladi.
Jo‘natilgan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga yoki iste’molchilarga
jo‘natilgan, lekin uning uchun xaridorlar tomonidan hali puli to‘lanmagan
yo‘ldagi mahsulotga aytiladi.
Mas’ul saqlashga qabul qilingan mol (tovar)lar deb, xaridorlarga
jo‘natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko‘ra (sifatiga ko‘ra xari-
dorning talabini qondirmaydigan, xaridorlarga adashib borib qolgan,
ya’ni bir korxonaning o‘rniga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari
borib qolgan tovarlar va shu kabilar) sotib olish uchun qabul qilinmay
qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o‘z
javobgarligiga qabul qilib olib, darhol bu mollarni yuboruvchi korxonaga
xabar qiladilar. Shuning uchun bunday mollar mas’ul saqlashga qabul
qilingan mollar deb yuritiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda ko‘rgazmada
qo‘yilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin. Chunki ko‘rgazmada
qo‘yilgan tayyor mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi
kerak bo‘lgan mahsulotlardir.
Dostları ilə paylaş: