�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
2.2. BANKDAGI HISOB-KITOB VA VALUTA SCHYOTLARIDA PUL MABLAG‘LARINI HISOBGA OLISH Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o‘zining pul mablag‘larini va
naqd pulsiz muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankida
hisob-kitob schyotini ochadi. Bankda schyot ochish uchun tashkilotlar
quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
1. Schyot ochish uchun ariza.
2. Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning
yagona davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiq-
langan guvohnomaning ko‘chirmasi.
3. Yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki
nizomdan notariusdan tasdiqlangan ko‘chirma.
4. Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat.
5. Soliq organidan ro‘yxatdan o‘tib idensifikatsiya nomeri
berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.
6. Imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka.
Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag‘larining
harakati, holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib boradi.
Hisob-kitob schyotining debetida pul mablag‘larining kelib tushishi,
kreditida esa pulning o‘tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu
schyotda yozuvlar bankning ko‘chirmasiga asosan amalga oshiriladi.
Pulning tushumi va o‘tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga
oshiriladi;
1. To‘lov topshiriqnomasi.
24
2. To‘lov talabnomasi.
3. Inkassa topshiriqnomalari.
4. Pul cheki.
5. Pul badallari haqidagi e’lon.