«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati


 BUDJET  TASHKILOTLARIDA  BUXGALTERIYA



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/353
tarix12.04.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#55234
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   353
�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

12.1.  BUDJET  TASHKILOTLARIDA  BUXGALTERIYA
HISOBINI  TASHKIL  QILISH
Budjet tashkilotlari budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha
buxgalteriya hisobini O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida» gi Qonuniga, yuqorida ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil qiladilar.
Tashkilotlarda buxgalteriya hisobi mazkur yo‘riqnomaga muvofiq
buxgalteriya hisobi yuritishning memorial order shaklida olib boriladi.
Tashkilotning rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil
qilinishini hamda to‘liq va aniq yuritilishini, moliya-xo‘jalik opera-
tsiyalarini nazorat qilish tartibini, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga
oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini ta’min-
lanishi shart.
Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari, hisobchilari o‘zla-
rining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va
moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri tuzilishini muntazam nazorat qilib
turadilar.
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi
mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi va tashkilotning boshqa biron–
bir bo‘linmasi tarkibiga kiritilishi taqiqlanadi. Tashkilot bosh hisobchisi


200
bevosita mazkur tashkilot rahbariga, buxgalteriya hisobini yuritish,
hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, yuqori
tashkilot bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda
buxgalteriya hisobining yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarning o‘z
vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda normativ-huquqiy hujjatlarda
belgilangan vazifalarning bajarilishiga javobgar bo‘ladi. Bosh hisobchi
buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun
alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funksional belgilarga
qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida
bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   353




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin