�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
17- m o d d a. Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot Shu’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari bo‘lgan korxonalar
umumlashtirilgan moliyaviy hisobot tuzadi.
Shu’ba korxonalarga qo‘shilgan hissalar bosh korxonaning moliyaviy
hisobotida uning moliyaviy qo‘yilmalari sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o‘z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy
bo‘linmalarini mustaqil balansga ajratishlari mumkin bo‘lib, ularning
balanslari va boshqa hisobot shakllarini o‘zlarining umumlashtirilgan
hisobotiga kiritishlari shart.
Umumlashtirilgan hisobotga bosh korxona, uning shu’ba korxonalari,
filiallari va vakolatxonalarining moliyaviy hisobotlari ilova qilinadi.
Umumlashtirilgan hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq
tuziladi.
Ushbu moddaning talablari vazirliklar, idoralar va budjet tashkilot-
larining jamlama moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi.