�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
18-m o d d a. Moliyaviy hisobotning hisobot davri 1-yanvardan 31-dekabrga qadar bo‘lgan kalendar yil moliyaviy
hisobotning hisobot davri hisoblanadi.
Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi
qo‘lga kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31-dekabriga qadar
bo‘lgan davri yuridik shaxs hisoblanmaydiganlar uchun esa, uning davlat
organlarida ro‘yxatga olingan sanadan boshlab birinchi hisobot yili deb
hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs 1-oktabrdan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa,
birinchi hisobot yili keyingi yilning 31-dekabrida tugaydi.
Ro‘yxatdan o‘tishga yoki yuridik shaxs huquqini qo‘lga kiritishga
qadar amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
birinchi hisobot yili moliyaviy hisobotiga kiritiladi.