«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/353
tarix12.04.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#55234
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   353
�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya

Birinchi daraja qonun hujjatlari, masalan, «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi Qonun.
Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar majmui, ya’ni buxgalteriya
andozalari. Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari
shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq  shaxslar
tomonidan bir xilda talqin etilsin.
Uchinchi daraja – turli idoralar tomonidan turli tarmoqlar va
umuman mamlakat bo‘yicha  ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini
yuritish bo‘yicha xilma-xil uslubiy ko‘rsatmalar, tavsiyalar.
To‘rtinchi daraja – hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini
yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari.
Hozirgi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi me’yoriy
boshqaruvining ana shu to‘rt darajali tizimini jahon andozalari talablari
darajasida tashkil qilishga harakat qilinmoqda.
Ma’lumki, jahon amaliyotiga mos keladigan «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi Qonunsiz milliy hisob tizimini yetarli darajada qayta qurish
mumkin emas. 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan ushbu qonun, eng
avvalo, buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va
registrlari, aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va
baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o‘z va qarzga olingan
kapital hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar,
maqsad  va talablarni belgilab beradi. Bundan tashqari, mazkur Qonun
buxgalteriya hisobini yuritishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
huquqi, burchi va mas’uliyatlarini, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni
topshirish va chop etish bo‘yicha qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi.


9
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonundan tashqari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tomonidan 1999-yil 5-fevraldagi
54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» hamda  buxgalteriya hisobining
milliy andozalarining amaliyotga tatbiq etilishi buxgalteriya hisobini
isloh qilish va takomillashtirishda muhim  ahamiyat kasb etmoqda.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o‘zgar-
tirish keyingi vaqtda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunga,
birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o‘rtasida
munosib muomala tili bo‘lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining
rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro andozalarni chuqur o‘rganish va ularni
mamlakatimiz amaliyotida keng qo‘llanish zarurligi sabab bo‘layotir.
Shu boisdan ham buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab
chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanilmoqda.
Buxgalteriya  hisobining milliy andozalarini amalga kiritish zarurati,
asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini
tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u
yoki  bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respub-
likasida hisobning o‘ziga  xos xususiyatlarini qo‘llashdan iborat.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonu-
nining ko‘rsatmalari va moddalari buxgalteriya hisobining milliy
andozalarida (BHMA) o‘z rivojini topdi. Hozirgi kunga qadar quyidagi
BHMA lar tasdiqlandi:
1. Hisob siyosati va moliyaviy hisobot.
2. Asosiy  xo‘jalik   faoliyatidan olingan daromadlar.
3. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot.
4. Tovar-moddiy zaxiralar.
5. Asosiy vositalar.
6. Lizing hisobi.
7. Nomoddiy aktivlar.
8. Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo‘jalik jami-
yatlariga qo‘yilgan investitsiyalar hisobi.
9. Pul oqimi to‘g‘risida hisobot.
10. Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash.
11. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan
xarajatlar.
12. Moliyaviy investitsiyalar hisobi.
13. Aksiyaga to‘g‘ri  keladigan foyda.


10
14. Qo‘shma faoliyatda qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda
aks ettirish.
15. Buxgalteriya balansi.
16. Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi kutilmagan hodisa
va xo‘jalik   faoliyatida sodir bo‘ladigan  voqealar.
17. Kapital qurilish bo‘yicha  pudrat shartnomalari.
18. Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish.
19. Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan
hisob yuritish va hisobot tuzish tartibi to‘g‘risida.
20. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha  yo‘riqnoma.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   353




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin