�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati – ularning dastlabki qiy-
matidan eskirish summasining ayirmasiga teng.
Tugatish qiymati – asosiy vositalarning foydali xizmat muddati
oxirida – tugatilishi natijasida tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan, kutilayotgan
xarajatlarni chiqarib tashlagandan so‘ng olinadigan aktivlarning taxminiy
qiymati. Asosiy vositalar bo‘yicha buxgalteriya hisobining vazifalari
quyidagilardan iborat:
a) asosiy vositalarning harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘g‘ri
va o‘z vaqtida rasmiylashtirish hamda tegishli hisob registrlarida umum-
lashtirish;
b) asosiy vositalarning eskirishi va amortizatsiya summalarini to‘g‘ri
hisoblash;
d) asosiy vositalarning ta’mir mablag‘laridan to‘g‘ri va oqilona foy-
dalanishni nazorat qilish;
e) asosiy vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
f) asosiy vositalarning xavfsizligini saqlashni nazorat qilish;
g) ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘la foydalanish hisobiga mahsulot
ishlab chiqarishni oshirishning ichki zaxiralarini aniqlash.