67
Mashina va jihozlar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi
va o‘z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi:
– kuch mashina va jihozlari, elektr va issiqlik energiyasini ishlab
chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga
aylantirib beradigan
generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug‘ dvi-
gatellari, turbinalar, kuch transformatorlari va boshqalar)dir;
– ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik,
kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda texnologik ishlov berishga,
ularni ishlab
chiqarish jarayonida qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat
qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir;
– o‘lchov va rostlash asboblari hamda
qurilmalari va laboratoriya
jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko‘rsat-
kich)larni o‘lchash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xomashyo,
materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish,
namlik darajasi,
shovqin ta’siri va boshqalarni o‘lchashda ishlatiladi. Ularga manometrlar,
tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik nazorati va boshqalar kiradi;
– hisoblash texnikasi ma’lumotlarni elektron
hisoblash mashinalarida
qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa
kompyuter vositalari kiradi;
– boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o‘tilmagan
mashina
va jihozlar (o‘t o‘chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi.
Dostları ilə paylaş: