�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
7.7. SANOAT VA BOSHQA XIZMAT KO‘RSATUVCHI ISHLAB CHIQARISHLARDA XARAJATLAR HISOBI Sanoat va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish va xo‘ja-
liklarning ish faoliyati dehqonchilik va chorvachilikda yetishtirilgan
mahsulotlarni, xomashyoni qayta ishlashdan iboratdir. Bu xo‘jaliklar
konserva ishlab chiqarish, sutni qayta ishlash, terini, vino mahsulotlarini
ishlab chiqarish va boshqa sanoat tarmoqlaridan iboratdir. Sanoat ishlab
chiqarish tarmog‘ining xarajatlari aktiv kalkulyatsion 2010-«Asosiy
ishlab chiqarish» schyotining alohida «Sanoat ishlab chiqarish»
subschyotida hisobga olinadi.
Xarajatlar mahsulotlarning tannarxiga bevosita qo‘shiladigan
quyidagi moddalarda hisobga olinadi:
1. Moddiy xarajatlar.
2. Mehnat haqi xarajatlari.
3. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari uchun xarajatlar.
4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi.
5. Boshqa xarajatlar.
Bu xarajatlar 2010-schyotining debetida oy davomida hisobga
olinadi. Schyotning kreditida oy oxirida aniqlangan tayyor mahsulot-
larning tannarxini omborga qabul qilinishi yoki sotilishi hisobga olinadi.
2010- schyotining «Sanoat ishlab chiqarish» subschyoti quyidagi
schyotlar bilan aloqada bo‘ladi.