8.4. KICHIK KORXONALARDA MATERIALLAR HISOBI Kichik korxonalarda materiallar aktiv 10-schyotda hisobga olinadi.
Moddiy boyliklarning sintetik hisobi haqiqiy tannarxda yuritiladi, ya’ni
moddiy boyliklar sotib olish bahosi (ulgurji, chakana, shartnoma va
transport-tayyorlov) xarajatlaridan tashkil topadi.
1000-«Materiallar» schyoti boshqa schyotlar bilan quyidagicha
aloqada bo‘ladi.
Schyotlar aloqasi D K 1
Moddiy boyliklar mol yetkazib beruvchilardan keltirildi
va schyoti akseptlandi
0110
6010
2
Keltirilgan materiallar uchun QQS hisobga olindi
6010
6410
3
Hisobdor shaxslar tomonidan materiallar sotib olindi va
kirim qilindi
1010
4210
4
Moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun berildi
2010
1010
5
Moddiy boyliklar sotildi
9220
1010
6
Moddiy boyliklarni inventarizatsiyasi natijasida
kamomad yoki sifati buzilganligi aniqlandi
5910
1010
Kichik korxonalarda qabul qilingan va sarflangan materiallarning
hisobi maxsus «Ro‘yxatga olish» vedomostlarida rasmiylashtiriladi.
Materiallar xarajatlari to‘g‘risida ayrim korxonalarda har 10 kunda
dalolatnoma tuziladi va uni korxona rahbari tasdiqlaydi va barcha kirim,
chiqim jarayonlari bo‘yicha hujjatlar buxgalteriyaga topshiriladi.
1000-schyotining hisobi 2-vedomostda 5-jurnal orderda yuritiladi.