171
Masalan, hisobot davrida foyda mavjud bo‘lmaganida imtiyozli
aksiyalar uchun dividendlar to‘landi:
D-t 8520-«Rezerv kapital».
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar».
Korxona tugatilayotganida turli debitorlarning qarzlari hisobdan
chiqarildi:
D-t 8520-«Rezerv kapital».
K-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Ta’sis hujjatlari va hisob siyosatiga muvofiq turli maqsadlar uchun
rezerv fondi boshqa mulkchilik shaklidagi korxonalarda ham tashkil
etilishi mumkin.
Mol-mulk tekinga olinganida quyidagi provodka beriladi:
D-t 0110-0190-«Asosiy vositalar».
D-t 0410-0490-«Nomoddiy aktivlar».
D-t 0610-«Qimmatli qog‘ozlar».
D-t 1010-«Xomashyo va materiallar».
K-t 8530-«Beg‘araz olingan mol-mulk».
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati
foyda solig‘i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo‘li
bilan yoki o‘tkazma hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo‘yicha
hisobda aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: