�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
XI BO‘LIM BUXGALTERIYA HISOBOTI 11.1. MOLIYAVIY HISOBOT, UNING AHAMIYATI VA TARKIBI Hisobot – korxona, birlashma, uyushma, konsern, korporatsiya,
aksiyodorlik jamiyati va shu kabilarning o‘tgan vaqt ichidagi ishlari
natijalari va sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, u xo‘jalik
faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida tegishli
subyektlarga topshiriladi. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va
xizmatlar, ularning ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va
ularning tashkil bo‘lish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa
tortish va dividendlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.