52
2. O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum –
birinchi xarajat, FIFO usuli.
3. O‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum – oxirgi
xarajat, LIFO usuli.
AVECO usuli materiallarning o‘rtacha narxlariga asoslangan. Bu
usul bo‘yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o‘xshash
birliklarning o‘rtacha o‘lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida
sotib olingan va ishlab chiqarilgan o‘xshash birliklar qiymatidan bel-
gilanadi. O‘rtacha qiymat davriy asosda yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt-
da mavjud bo‘lgan vaziyatga ko‘ra, har bir qo‘shimcha
yetkazib berish
davomida hisoblanishi mumkin.
FIFO usulida ishlab chiqarish uchun dastlab sotib olingan
materiallar partiyasi bo‘yicha baholanadi, so‘ngra ikkinchi partiya bahosi
bo‘yicha va hokazo. FIFO usulida xomashyo,
materiallar va tovarlar
kelib tushish tartibi bo‘yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki,
materiallar tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda
ushbu materiallar yuqori yoki past narxda sotib olinganligidan qat’i
nazar, sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy bahosini aks
ettiradi. Inflyatsiya davrida FIFO usuli qo‘llanilsa, sof foydaning eng
yuqori darajasiga erishiladi.
LIFO usulida materiallar ishlab
chiqarishga avval oxirgi, so‘ngra
avvalgi partiya tannarxi bo‘yicha yoziladi va hokazo. Zaxirada qolgan
materiallar qiymati hisobot davrining oxirida birinchi sotib olingan
material tannarxi bo‘yicha hisoblanadi. LIFO usulidan foydalanish
inflyatsiya davrida eng past foydani, deflyatsiya, ya’ni
narxlarning
pasayishi vaqtida eng yuqori foydani keltiradi.
Dostları ilə paylaş: