OS–1 shakl. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
OS–2 shakl. Ta’mir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan
obyektlarning qabul qilish-topshirish dalolatnomasi.
OS–3 shakl. Asosiy vositalarni tugatish to‘g‘risidagi dalolatnoma.
OS–4 shakl. Avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish
dalolatnomasi.
OS–6 shakl. Asosiy vositalarni hisobga olishning inventar
kartochkasi.
OS–7 shakl. Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi
ro‘yxati.
OS–8 shakl. Asosiy vositalarning harakatini hisobga olish
kartochkasi.
OS–9 shakl. Asosiy vositalarning inventar ro‘yxati.
4.3. ASOSIY VOSITALARNING QABUL QILINISHI VA HISOBGA OLINISHI Foydalanishga qo‘yilgan har bir obyekt uchun OS-1 raqami tipik
shakldagi asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
yoziladi. Asosiy vositalar hisobi korxonalar buxgalteriyasida belgilangan
nomenklaturada har bir inventar obyekti bo‘yicha yuritiladi.