Sharq olimlarning tibbiyotga qoʻshgan hissalari. Reja



Yüklə 72 Kb.
səhifə1/2
tarix24.10.2023
ölçüsü72 Kb.
#160981
  1   2
Sharq olimlarning tibbiyotga qoʻshgan hissalari


Sharq olimlarning tibbiyotga qoʻshgan hissalari.
Reja:

  1. Sharq olimlarning tibbiyotda qoʻshgan hissalari.

  2. Abu Nasr Farobiyning fikri.

Sharq mutafakkirlarining merosida ta'lim - tarbiya masalalari muhim o'rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e'tibor berganlar. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada bola tarbiyasi masalalari va ularni hal etish yo'llari ko'rsatib berilgan.


Abu Nasr Farobiyning fikricha bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog'i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo'lmogM lozim degan xulosaga kelgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish masalalari Abu Ali ibn Sino merosida yoritilganini ko'rishimiz mumkin. Beruniy ota -onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli o'yinlar uyushtirishlari, ular bilan o'zaro suhbatlar o'tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Beruniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqidagi, shaxsning rivojlanish to'g'risidagi fikrlarining zamirida insonparvarlik g'oyasi yotadi. U har bir ota -ona o'z farzandlariga ana shu g'oyani singdirishi zarur degan xulosaga keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini muhim uyushtirish, ularni vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota - onalar o'z farzandlariga o'qtirishlari lozim. Bola tarbiyasi masalalari bo'yicha Abu Ali ibn Sino "Tadbir almanozil" nomli asarini yozgan. Unda olim ota - onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritilgan. Asarda oilada onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga to'xtalar ekan, ayniqsa ota -onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va xunarga o'rgatish borasida muxim fikrlar bayon etadi.
Yusuf Xos Xojib "Qtudg'u bilig" asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e'tibor beradi. Ota -onalar nazoratda bo'lgan bolaning ma'suliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota -onaning mavqyei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to'g'ri yo'l farzandlarining kelajakni, kamoloti uchun psixologiyasida muhimdir. Mirzo Ulug'bekning qarashlarida bolaning bilim olishga bo'lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o'rin tutadi. Kaykovus "Qobusnoma" pandnomasida o'z farzanding sening haqingda qanday bo'lishini istasang, sen ham ota -ona haqida shunday bo'lgMl deb yoshlarni ota -onasini hurmat qilishga e'zozlashga, mehr -oqibatli bo'lishga da'vat etadi. Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o'rin egallaydi. U o'zining qator asarlarida ta'lim -tarbiya masalalari umuminsoniyg'oya ekanligini ta'kidlaydi.
Ya.A.Komenskiy o'zining "Onalar maktabi" kitobini maktabga tayyorlash bobida, shunday yozadi, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma'lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Komenskiy ota -onalar uchun quyidagi vazifalarni ko'rsatadi: 1. Bolalarda maktabga borganda o'z tengdoshlari bilan o'qigan va o'ynagan xursandchilik hissini tug'dirish; 2. Bolalarni maktabdagi ta'limning mohiyatini tushuntirish, maktabdagi faoliyat turlari bilan tunishtirish; 3. Bolalar bo'lajak o'qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish.
Ta'lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo'lishi ma'lum darajada nasliy omillar bilan ham bog'liqdir. Bolalar o'z temperamenti xususiyatlariga ko'ra ham bir -birlaridan ajralib turadilar: xushchaqchaq, sergap, quvnoq, xayotning o'zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar sangvennik tipreramentga mansub; qo'shimcha noxush kayfiyatda yuradigan, ta'sirchan, kamgan, sust bolalar
Qayumova Zarifa Islom qizi - Shofirkon tuman 6-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi (Buxoro, O'zbekiston).
2Tosheva Gulbahor Bayozovna - Shofirkon tuman 6-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti psixologi (Buxoro, O'zbekiston).
YneHbiH XXI BeKa • 2022 • № 3 (84)
melanxolik temperamentga kiradilar; xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar -flegmatik; jaxldor, betoqat, serzarda, xarakatchan bolalar -xolerik hisoblanadilar.
Bolalar kattalarning yordamiga muxtoj bo'lishiga ham qarab bir -birlaridan farq qiladilar. Ba'zi bolalar biror xatti- harakatni bajarishni bir necha marta ko'rsatish, tushuntirish kerak. Bolalar o'zlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir -birlaridan ajralib turadilar. Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi keng va mukammal bo'lib rivojlangan bo'lishi darkor. Bolalarga qanchalik yaxshi bilim bersak, o'ylaymizki ular kelajakda Vatanga sadoqat ruhida, yetuk inson bo'lib yetishadilar. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy his -tuyg'ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qullasa, yaxshi xulq namunalarini o'rgatish ancha oson kechadi.
Bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama jumladan ma'naviy axloqiy, aqliy estetik, jismonan va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma'naviy tarbiyani bolaga o'tmishda Vatan ravnaqi, el -yurt tinchligi va faravonligi yo'lida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, mustaqillik, qadriyat va an'analarimizni o'rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadigan, boshqa hyech qaysi tarbiya ob'kti oiladagidek yuqori natija bermaydi.
Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim o'rni bor. Oila davrasida qo'shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davriasida o'qish, birga spektakl va kino ko'rish va tahlil qilish va hokazolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir.
Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saramjom - sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Bola hayotining kun tartibi, odatda sog'lom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab kun tartibiga va butun dars davomida o'zida jo'sh o'rib turgan g'ayratlarini tiyib jim o'tirishga tezroq ko'rinadi. Bolani maktab kun tartibiga tayyorlashda, uning sog'ligini mustahkamlashda ertalab ma'lum vaqtda o'rindan turish, ovqatlanish va uyquga yotishga aniq rioya qilinishi kerak.
O'zbek xalqi o'zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta'lim-tarbiyaga oid boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do'stlik, iymon-e'tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning o'ziga xos tajribasini to'plagan. Bizga ma'lumki, ma'naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o'z-o'zidan vujudga kelmaydi, balki ulaming kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida rivojlanib boradi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta'sir ko'rsatgan.
Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. "Tarbiya" so'zi arabcha "robba" fe'lidan olingan bo'lib, o'stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma'nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar "tarbiya"ni bir necha xil ta'rif qilganlar. Jumladan, imom Bayzoviy quyidagicha ta'riflaydi: "Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir" Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: "Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik hamda muvozanat ila o'stirishdir" Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas'uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba'zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas'uliyati bardavom bo'ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne'matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas'uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi Odob masalasini insoniyat tarixida to'laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning o'z odobi bor. Dunyodagi odobga bag'ishlangan asarlarning asosini va ko'piligini Islom halqlari vakillari tomonidan yozilgan asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag'a yo'q [1:342]. Qadimda Sharq mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g'oyalar bugungi kunda ham muhim ta'lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma'naviy ozuqa berib kelmoqda.
Uzoq va boy tarixga ega bo'lgan Markaziy Osiyo xalqlari o'zining ta'lim-tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do'stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros milliy ma'naviyatimizning o'zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta'lim va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, "Ajdodlarimizdan qolgan meros millatimizning nafaqat o'tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai hisoblanadi" [2:47]. Har bir xalqning ta'lim-tarbiyaga oid an'analari borki, ular pedagogik tafikkur taraqqiyotining asosi bo'lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o'z farzandlarini barkamol inson bo'lishini istaydi, o'zlari eta olmagan orzu-umidlariga bolalarining etishligini o'ylaydi. Bolalarning har bir yutug'idan quvonishadi, mag'lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko'rish ular uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi.
O'tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma'naviyat, axloq-odob saboqlarini berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o'z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh bo'lamiz.
Mana shunday mangu allomalar jumlasiga Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin. Xoja Ahmad Yassaviy o'zining ma'naviy-axloqiy qarashlari bilan bugungi kunda ham pedagogika faniga beqiyos qo'sha olganligi olib borilgan izlanishlardan ayon bo'lmoqda. "Xoja Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko'ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o'zgalarga xiyonat hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy rostgo'ylik, halollik, o'z-o'ziga talabchanlikni targ'ib qiladi. Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo'ladi, degan fikrni ilgari suradi. Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari o'quvchi shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan o'zini olib qochishga undaydi" [3:10]. Shuning uchun ham ta'lim tarbiya jarayonida ulardan keng foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yana bir yiriq allomalardan biri Burxoniddiy Marg'inoniydir. Burxoniddiy Marg'inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida diyonat, iymon, vijdon, burch, insoniylik xususidagi g'oyalari shaxsni har tomonlama va uyg'un rivojlantirishning asosiy vositasi bo'lib xizmat qilgan. Shu jihatdan qaraganda XXI asrda yashagan islom ta'limotining yirik nomoyondasi Burxoniddiy Marg'inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon-e'tiqod, halollik, axloqiy poklik, odillik, birodarlik, bilimlilik, mustaqil fikr hislatlari asosiy o'rinni egallaydi [4:9]. Alloma Marg'inoniy o'zining axloqiy-huquqiy qarashlari bilan xalqimiz ma'naviyatini rivojlantirishga, musulmon dunyosi madaniyatining taraqqiyotiga hamda ijtimoiy pedagogik fikr rivojiga salmoqli hissa qo'shgan.
Farzandga adab, hunar o'rgatmakni meros deb bilg'il. Agar sen xoh unga adab o'rgatg'il, xoh o'rgatmag'il turmush mashaqqatlarining o'zi unga o'rgatur. Undoqkim debdurlar, ota-ona tarbiyalamasa, kecha va kunduz uni tarbiyalaydur [5:24]. Kaykovus 44 bobdan iborat bo'lgan "Qobusnoma" asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o'zaro axloqiy munosabatlari, haqorat, qo'pollik kabi yomon odatlardan saqlanish zaruriyati bilan bir qatorda bola tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratish, uning kelajagi uchun ota-onaning mas'uliyati katta ekanligi kabi axloqiy masalalarga urg'u beriladi.
Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta'lim va tarbiyaga oid
yondashuvlar, g'oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to'g'ri foydalanish - ta'lim jarayonida o'qituvchilarning pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda odob-axloq mavzuiga bo'lgan qiziqish anchagina ortdi. Chunki milliy mustaqillikka erishganimizdan so'ng, tarixiy va madaniy merosimizni o'rganishga bo'lgan ehtiyojning kuchayishi, milliy va diniy hamda ma'naviy qadriyatlarimizning mazmunidagi axloqiy g'oyalarni bilishga bo'lgan xalqimiz qiziqishlarining ortib borayotganligidir.
Ta'lim-tarbiya tizimini insonparvarlik yo'nalishini tubdan o'zgartirish va yangi zamon talablari darajasiga ko'tarishning birinchi sharti - unga bir butun tizim sifatida yondoshish va shunga muvofiq, ish olib borishdan iboratdir [6:87].
Yosh avlodda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an'analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Insonlar o'zligini chuqur anglashi, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishi, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvi, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg'onishini ta'minlash ma'naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylandi
A.Avloniyning "Turkiy guliston yohud axloq" asari yangi usul maktablarining yuqori sinflarida ta'lim va axloqiy tarbiya berish uchun darslik sifatida o'qitilgan. A.Avloniyning asarini chuqur o'rganar ekanmiz, biz o'sha davrda maktablarda o'quvchilarga dars berishda umuminsoniy va diniy qadriyatlari, xalq og'zaki ijodi, Qur'on oyatlari, hadislar shuningdek, buyuk allomalarimizning hikmatli so'zlaridan imkon qadar keng foydalanganliklarini ko'ramiz. Masalan, "Yaxshi xulqlar" qatoriga kiruvchi "Sabr" mavzusida: "Sabr insonlar uchun buyuk bir fazilatdurki, janobi haq sobrlarni madh qilishdur. Shariati islomiyada janobi Haq tarafidan kelgan balo va qazoga sabr qilmoq farzi ayndur" Shul xususda so'ylanmish bir hadisi sharifning ma'nosi "ilm imonli kishilarning muhibi, hilm homiysi, aql dalili, yaxshi amal sarmoyasi, muloyimat volidi, afv axavoni, sabr hokimi vijdonidur," - deyilishi. Arablar "assabru miftohulfalah"- sabr shodlig'ning kalilidur deyurlar [9:7]. Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning milliy pedagogik va uslubiy asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqishga bugungi kundagi ehtiyoj va uni samarali hal etishning optimal yo'llarini topish asosiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda.
Shunday ekan, oilada bola tarbiyasi umumdavlat ahamiyatiga molik muammodir. Shu boisdan har qanday jamiyatni oilaga, oilada bola tarbiyasiga bo'lgan talabi ortib boradi. Ayni vaqtda - davlatning, ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi, farzandlarning ota-ona oldidagi mas'uliyatini oshirishdagi roli kuchayadi.
O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov aytganlaridek, "Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so'zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko'ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi" [5:7].
"Milliy madaniyatimiz, xalq ma'naviy boyligining ildizlariga e'tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to'plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o'tgan. Insonlarga og'ir damlarda madad bo'lgan. Bizning vazifamiz - shu xazinani ko'z qorachig'imizdek asrash va yanada boyitish" [10:78]. Milliy taraqqiyotimiz uchun fundamental ahamiyatga ega ushbu fikr, ko'rsatma san'atga oid ilmiy tadqiqotlar uchun ham muhim ahamiyatga egadir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar tarbiyasiga alohida to'xtalib: "Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko'proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko'mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an'analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz" Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o'g'il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana, ulug' ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog'liq" [11] deya ta'kidlab o'tdi.
Tarbiya o'z navbatida oiladan boshlanar ekan, biz o'z farzandlarimizni baxti-saodatini, kamolini, iqbolini, buyuk inson bo'lib etishganligini va hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta'minlaydigan ma'naviy qo'rg'oni bo'lmish o'z oilamizning mustahkamligini ko'rishni istar ekanmiz, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlariga e'tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy ma'naviy merosning yosh avlodni har tomonlama yuksalishi tizimidagi o'rni va roli o'ziga xos xususiyatga va ko'rinishlarga ega. "Darhaqiqat, ajdodlar tomonidan
yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni o'rganishda ta'lim tizimi imkoniyatlarga alohida e'tibor qaratishlozim. Sharq mutafakkirlarining asarlarini o'rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega" [12:43]. Ular o'z asarlarida shaxs ma'naviyati, insonda odob-axloqning yuksak namunalarini tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga nisbatan oqilona munosabatda bo'lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o'z asarlarida insonning bilim olishi, hunar egallashi, undagi yuksak ma'naviy-ahloqiy sifatlarni ulug'laydilar va shunday fazilatlarga ega bo'lishga barchani chorlaydilar. Ma'naviy yuksak, zamonaviy ilm-fanni egallagan, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g'oya yoki mafkura aslo o'z ta'siriga tushira olmaydi. Bunday avlodni voyaga etkazgan xalqning istiqboli porloq, kelajagi buyukdir.


Yüklə 72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin