Sharq tillari fani bo’yicha ishchi o’quv dasturi


O’quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/23
tarix07.01.2024
ölçüsü0,61 Mb.
#205898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
portal.guldu.uz-ISHCHI DASTUR

1.1. O’quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga arab va fors tillarining nazariy asoslari, ularning asosiy grammatik kategoriyalarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish.
Fanning vazifasi – talabalarda ilmiy axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish, o‘qish, yozish, arab imlosidagi qo‘lyozma, toshbosma gazeta, jurnal va ilmiy asarlarni o‘qishga, ulardan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olishga o‘rgatish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olish ko‘nikmasini hosil qilish.
1.2. Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakasiga
qo’yiladigan talablar
Sharq tillari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- arab yozuvi va uning tarqalishi, arab harflarining o‘ziga xos xususiyatlari, arab va fors tili fonetikasi, morfologiyasi, punktuatsiyasi, arab va fors tili lug‘ati, arab va fors tiliga xos qisqa va cho‘ziq unlilar va boshqa belgilar, arab va eski o‘zbek yozuvidagi o‘zaro farqlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- arab va fors tilida imlo qoidalarini, arab va fors tilida so‘z yasalishini, arab va fors tilida o‘zak va u orqali so‘zlarni topa bilishni, arab imlosidagi matnlarni qiyinchiliksiz mutolaa qilib tabdil qila olishni, o‘zbek tili tarkibidagi arab va fors so‘zlarni tahlil qila olishni bilishi;
- arab va fors imlosining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, arab va fors tilida so‘z yasalishi va grammatik qoidalarini aniqlash, arab yozuvidagi manbalarni farqlash, arab alifbosidagi matnlarni o‘qish, arab imlosidagi matnlarini transkripsiya qilish, , arab imlosida yozishni bilish, arab va fors tilidagi so‘z va iboralarini tarjima qilishda lug‘atdan foydalana bilish, arab imlosida xatosiz yoza bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- ilmiy axborot bilan ishlash, o‘qish, yozish, arab imlosidagi qo‘lyozma, toshbosma gazeta, jurnal va ilmiy asarlarni o‘qish, ulardan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olish va ulardan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Fandan o’tiladigan mavzular va ular bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti







Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin