Amir Temur umr bo’yi quyidagi o’n ikki tamoyilga amal qilgan:
Har yerda va har vaqtda islom dinini qo’llab-quvvatlagan.
Davlat ishlarini kengash asosida boshqargan.
Salatanat ishlarini murosayu madora orqali yurgizgan.
Davlat ishlarini qonun-qoida va tuzuklarga asoslanib boshqargan.
Amirlar va sipohiylarga hurmat ko’rgazgan.
Adolat va insofga tayangan.
Fuqarolarga izzat-hurmat ko’rgazgan.
Azmu jazm bilan ish tutgan.
Raiyat ahvolidan doimiy ogoh bo’lgan.
Turku tojik, arabu ajamning turli toifalariga hurmat ko’rsatgan.
Do’stlarni unutmagan va ularga yordam bergan.
Har joyda sipohiylarni hurmat qilgan.
“Temur tuzuklari”dagi hikmatlardan namunalar:
Adovat emas, adolat engadi.
So’zlaguvchi gar nodon erur, tinglaguvchi dono o’lsin.
Ota bo’lmagan, ota qadrini bilmas.
Do’shmandan qo’rqma, munofiqdan qo’rq.
Ishon. Ammo shubha qil.
Kuch – adolatdadir.
Do’stlik sinovda chiniqadi.
Filning dumi bo’lguncha, chumolining boshi bo’l.
Toy mingan – ot ham minadi.
Botir jangda bilinar, dono – mashvaratda.
Birliksiz kuch bo’lmas.
Amir Temur vafotidan so’ng taxt
uchun talash kuchayib ketadi.
Temurdan keyingi yirik temuriylar
avlоdi bo’lgan Ulug’bek asli
ismi Muhammad Tarag’ay
bo’lib 1394-yilda Sultoniya shahrida
tavallud topdi. Ulug’bekning onasi
Gavharshodbegim panohida
tarbiyalanadi.
So’fiylik ta’limotining ma’naviy hayotga ta’siri
Birinchi bosqich – shariat.
Ikkinchi bosqich – tariqat: nafsni tiyish, xushnudlik, xudoni o’ylash, xilvat, ma’naviy muhabbatni chuqurlashtirish.
Uchinchi bosqich – ma’rifat.
To’rtinchi bosqich – haqiqat.
Ulug’bek davrida maktab islohoti
Ulug’bek Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat dargohiga aylantirishga intiladi. Uning farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G’ijduvonda madrasalar qad ko’taradi.