Sharq va g’arb falsafasida inson masalasi reja



Yüklə 95 Kb.
səhifə3/5
tarix09.11.2022
ölçüsü95 Kb.
#68119
1   2   3   4   5
Sharq va g’arb falsafasida inson masalasi reja

2. Garb falsafasi
Sharq falsafasi atamasi bilan Osiyo qitʼasida paydo boʻlgan falsafiy oqimlar, qarashlar majmuasi nomlanadi. Sharq falsafasiga hind, xitoy, fors, yapon, koreys hamda Oʻrta Osiyo falsafasi kiradi. Bu roʻyxatga baʼzan Bobil va Arab falsafasi ham kiritiladi, biroq bular gʻarb falsafasiga ham taalluqlidirlar.
Koʻpgina jamiyatlar falsafiy muammolarni koʻrib chiqishdi va boshqa jamiyatlar ishlari asosida oʻz falsafiy anʼanalarini qurishdi. Masalan, Yaqin Sharq falsafasi Gʻarb falsafasi taʼsiri ostida boʻldi. Rus (baʼzilar buni Gʻarb falsafasiga taalluqli, deb koʻrishadi), Yahudiy, Islomiy, Afrika va baʼzi Lotin Amerikasi falsafiy anʼanalari Gʻarb falsafasidan taʼsirlanishdi; biroq, oʻzlarining aslliklarini ham yoʻqotishmadi.Bu anʼanalar orasidagi farqlar xush koʻrilgan tarixiy faylasuflar, gʻoyalar, uslublar yoki tillar bilan aniqlanadi. Ularni bir-biriga tegishli metodlar bilan oʻrgansa boʻladi va ular orasida sezilarli umumiyliklar bor.
Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x, isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga „Qoʻshiqlar kitobi“, „Bahor va kuz“ kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng „Aforizm“larini, daosizmni kiritish mumkin.
Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi —
Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Milodiy 3-asrga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.
Falsafa Xitoy tamadduniga, umuman Sharqiy Osiyoga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina buyuk falsafiy maktablar Bahor va Kuz Davri hamda Davlatlar Urushi Davrida paydo boʻlib, Fikrning Yuz Maktabi nomi ostida tanildi. Ulardan eng ahamiyatlilari orasida Konfutsianizm, Taoizm, Mohizm va Legalizmlarni koʻrsatsa boʻladi. Keyinchalik, Tang Sulolasi davrida, bu safga Buddizm ham qoʻshildi (shuni aytib oʻtish joizki, Sharq falsafasida din va falsafa orasida qatʼiy farqlar yoʻq). Gʻarb falsafasi kabi, Xitoy falsafasi ham keng qamrovlidir va falsafaning har bir sohasiga taalluqli maktablarga ega.
Hind ostqitʼasi tarixida Oriy-Vedik madaniyat oʻrnatilganidan soʻng ikki ming yillik davr ichida falsafiy va diniy mutafakkirlik oltita Nastika maktablari paydo boʻlishiga olib keldi. Bu maktablar hinduizm bilan chambarchas bogʻlangan edilar.Hind falsafasi Janubiy Osiyo madaniyatining katta qismini qurgan, va Uzoq Sharqqa ham dharmik dinlar orqali yetib borgan. Undagi fikrlar pluralizmi hind falsafasini liberal universalizm shakliga keltirgan.
Fors falsafasi tarixi Qadimgi Eron falsafiy anʼanalari va ularning hind-eron ildizlariga borib taqaladi. Fors falsafasi Zardusht taʼlimotidan taʼsirlangan. Eron tarixidagi turli urushlar — Iskandar Zulqarnayn, arablar va moʻgʻullar istilolariturli madaniyatlar, dinlar aralashuvi va natijada turfa falsafiy maktablar paydo boʻlishiga olib keldi. Bularga zardushtiylik va islom taʼlimotlari, yunon falsafasi taʼsiridagi oqimlar, manixeylik, mazdakiylik va hokazo kiradi.
Oʻrta Osiyo falsafasi Zardushtiylik, keyinchalik esa Islom dinlari taʼsirida shakllangan. Muhim faylasuflardan biri — ibn Sino Oʻrta Osiyo, va umuman Islom olamida mantiq va metafizikani shakllantirdi; bunda u Arastu va Aflotun ishlariga tayandi. Ibn Sino olamning vaqt oʻqida yaratilishini rad etadi; olam uning yaratuvchisi emanatsiyasidir, deydi. Ibn Sinoning bu qarashlari islomiy deizm va pandeizmga yaqindir. Keyinchalik Oʻrta Osiyolik boshqa faylasuflar — Beruniy, Forobiy, Gʻazzoliy, Navoiy, Bedil va hk — ibn Sino asos solgan islomiy metafizika doirasida fikrlashdi, va bu oqimlardan baʼzilari Yevropagacha yetib bordi.



Yüklə 95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin